Fizikaviy xossalari
Sulfat kislotaning ahamiyati
Download 34.01 Kb.
|
Fizikaviy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulfat kislotasi va uning xossalari
Sulfat kislotaning ahamiyati. Sulfat kislota anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar va xlor ishlab chiqaradigan asosiy kimyo sanoatining muhim mahsuloti hisoblanadi.
Turli-tuman maqsadlarda ishlatilishi jihatidan sulfat kislota kislotalar orasida birinchi o'rinda turadi. Uning eng ko‘p miqdori fosforli va azotli o‘g‘itlar olishga sarflanadi. Uchuvchan boimaganligi sababli sulfat kislotadan boshqa kislotalar — xlorid, ftorid, fosfat, sirka kislota va h.k olish uchun foydalaniladi. Uning anchagina miqdori neft mahsulotlarini — benzin, kerosin va surkov moylarini zararli qo'shimchalardan tozalashga sarflanadi. Mashinasozlikda sulfat kislota bilan metallarning sirtini qoplash (nikellash, xromlash va b.) oldidan oksidlardan tozalanadi. Sulfat kislota portlovchi moddalar, sun’iy tola, bo'yoqlar, plastmassalar va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U akkumulyatorlarga quyish uchun ham ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida sulfat kislotadan begona oilarga qarshi kurashda foydalaniladi. Sulfat kislota ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida ishlatiladi, deyish mumkin, «Texnikada sulfat kislota kabi ko‘p ishlatiladigan boshqa, sun’iy ravishda olinadigan moddani topish qiyin, — deb yozgan edi D.I.Mendeleyev «Основы химии» kitobida. — Texnikaviy faoliyat qayerda rivojlangan boisa, o‘sha yerda ko‘p sulfat kislota ishlatiladi». Sulfat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini shundan ham bilsa boiadi. Sulfat kislotasi va uning xossalari Sulfat kislotasi va uning xossalariXossalari. Suvsiz H2SO4 rangsiz moysimon suyuqlik, 10,3 oS da kristallar hosil qiladi.Kons. kislota tarkibida 98 % kislota bor. Bu kislota o’z tarkibiga suvni shiddat bilan tortadi, shuning uchun u qurutuvchi sifatida keng qo’llaniladi. Olinishi.Sulfat kislota ikki xil usulda nitroza va kotakt usulda olinadi.Sulfat kislota olishda asosiy xom ashyo pirit (FeS2), metal sulfidlari, oltingugurt hisoblanadi. Bu moddalarning yonishi natijasida SO2 hosil bo’ladi. Agar SO2 ni SO3 ga aylantirishda azot oksidlari(NO2) ishlatilsa sulfat kislota olishning bu usuli nitroza usuli deyiladi: SO2+NO2+H2O = H2SO4+NO Hosil bo’lgan oksidning kislorod bilan ta’siridan yana NO2 hosil boladi.SO3 sulfat kislota eritmasiga yuttirilib, dastlab oleum (H2SO4*SO3) keyin kerakli konsentrasiyali sulfat kislota olinadi. Odatda nitroza usulda olingan sulfat kislota konsentrasiyasi 80 % gacha bo’lib asosan mineral o’g’itlar olish uchun sarflanadi. Hozirgi paytda ko’proq kontakt usuli ishlatiladi.Bu usulda katalizator sifatida V2O5 yoki Pt qo’llaniladi.Bu usulda reaksion aralashmadan fosfor, mishyak birikmalari va boshqa katalizatorni zaharlaydigan moddalardan tozalash shart hisoblanadi. Aralashmada kislorod miqdorining ortirilishi va jarayonni 45O oS da olib boorish orqali reaksiya unumi 95-97 % ga etkaziladi. Bu usulda ham hosil bo’lgan SO3 oleumga yuttiriladi. Download 34.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling