Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Кон хосил бўлиш даврлари, бу даврларда кон
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
109. Кон хосил бўлиш даврлари, бу даврларда кон
курсаткичлари; Qon hosil bo'lishi gemopoez deb ataladi. Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga ko‘ra, qon shaklli elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi.Ustun polipotent hujayralarning o‘z-o‘zini saqlab qolish qobiliyati juda yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bo`linishi mumkin.Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning o‘tmishdoshi bo`lsa, ikkinchi qismidan miyelopoez boshlanadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralardan avval monoblastlar, keyin promonotsitlar paydo bo`lib, monotsit yetiladi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralarning boshqa bir qismidan miyeloblastlar paydo bo`ladi. Miyeloblastlar bazofil, neytrofil va eozinofil promiyelotsitlar, miyelotsitlar, metamiyelotsitlat bosqichlaridan o‘tib, donali leykotsitlarni hosil qiladi. Eritropoetinga sezgir hujayralardan eritrotsitlar hosil bo`ladi. Eritrotsitlarning yetilishi 6 bosqichdan o‘tadi: eritroblast, pronormotsit, bazofil normotsit, oksifil normotsit, retikulotsit va yetuk eritritsit. Trombotsitopoetinga sezgir hujayralardan megakarioblast paydo bo`lib, u promegakariotsit va megakariotsit aylanadi. Megakariotsitlardan trombotsitlar ajralib chiqadi. Qon hosil bo`lishi 19 kunlik embrionning sariqlik qopchasida boshlanadi. Bu gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bo`lganida tugaydi. Gemopoezning ikkinchi – jigar davri homiladorlikning 6- haftasidan boshlanib, 5-oyida cho‘qqisiga chiqadi. 4-5 oylik homilada qon yaratilishi ko‘mikka o‘tadi. Qon hosil bo`lishini asosan gumoral omillar boshqaradi. Eritrotsitlarni rivojlanib yetilishi uchun eritropoetin zarur. Eritropoez B12, B6 va boshqa vitaminlarga muhtoj jarayon. Qon hosil bo`lishining nerv tizimi tomonidan boshqarishi yaxshi o‘rganilmagan. Gipotalamus gipofiz va vegetativ nerv tizimi orqali qon yaratilishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Qon yaratilishini boshqarib turuvchi murakkab mexanizmlar juda aniq faoliyat ko‘rsatadi. Shu tufayli sog‘lom organizmda yemirilayotgan qon tanachalarining miqdori hosil bo`layotgan qon hujayralari miqdoriga teng bo`lib, ular o‘rtasida doimo muvozanat saqlanib turadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling