Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/78
Sana15.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1272327
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
fiziologiya javoblar

117. Кон куйиш техникаси; 
Қон қуйиш иммунологик мураккаб жараён ҳисобланади. 
Шунинг учун ҳам 25% дан кўп қон йўқотгандагина бутун қонни 
қуйиш тавсия қилинади. Бошқа ҳолларда эса заруратга қараб 
масалан: анемияда–эритроцитар масса, тромбоцитопенияда-
тромбоцитар масса, ҳар хил юкумли касалликларда, септик 
ҳолатда-гранулоцитлар қуйилиши максадга мувофик. Qon 
quyish (gemotransfuziya) — davolash muolajasi; qon va uning 
tarkibiy qismlari (qon plazmasi, eritrotsitlar, leykotsitlar va 
trombotsitlar massasi)ni davo maqsadida bemor organizmiga 
quyish. Qadimda vrachlar qon odamning hayot qobiliyatini 
oshiradi deb taxmin qilib, qonni yoshartirish maqsadida, ruhiy 
bemorlarni davolashda qoʻllashgan, lekin bunda Qon quyish 
oʻrniga uni bemorga iliq holda ichirish tavsiya etilgan. Qon 
quyishga urinishlar ingliz olimi U.Garvey tomonidan yopiq qon 


aylanish sistemasining kashf etilishidan (1628) soʻng boshlandi. 
19-asrga kelib odamga faqat odam qonini quyish mumkinligi 
isbotlandi. Biroq Qon quyish tibbiyot amaliyotiga 20-asr 
boshlarida kishilarda qonning 4 gruppasi borligi aniklangach. 
retsipiyent (qon oluvchi) va donor qonining mos kelishi 
qonuniyatlari oʻrganilgandan soʻng joriy qilindi (qarang Qon 
gruppalari). Donor qonining ivib qolishiga toʻsqinlik qiladigan va 
uni uzoq muddat saqlaydigan (konservatsiya) vositalarining 
topilishi Qon quyishning yanada keng tarqalishiga imkon berdi. 
Qon quyishda donordan olingan qon, shuningdek, qon oʻrnini 
bosuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Shok, koʻp qon yoʻqotish bilan 
kechadigan operatsiyalar, ichki aʼzolardan (meʼda, oʻpka va 
boshqalar) qon ketganda, anemiya, yiringli jarayonlarda
kuyganda, zaharlanganda va boshqalarda qon quyiladi. Qonda 
eritrotsitlar miqdori kamaysa eritrotsitlar massasi, leykotsitlar 
kamayganda esa leykotsitlar massasi quyiladi. Qon bevosita 
(donordan retsipiyentga) va bilvosita (donordan olinib, 
konservantli flakonga solib qoʻyilgan qon ishlatiladi) periferik yoki 
katta venalarga tomchi-latib, baʼzan koʻp qon yoʻqotilganda oqizib 
arteriyaga quyiladi; koʻpincha Qon bilak venasidan yuboriladi. Qon 
quyishdan oldin donor va retsipiyentning qon gruppalari, rezus-
faktori tekshiriladi. Qon quyishda retsipiyent bilan donorning qon 
gruppalari oʻzaro munosib boʻlishiga qatʼiy amal qilinadi. Amaliy 
transfuziologiya uchun AVO, Kp (rezus), Ke11 (Kell) va boshqa 
antigenlar muhim ahamiyatga ega. Qon quyish chogʻida bemorga 
quyilishi lozim boʻlgan miqdorni bir yoʻla quymay, boʻlib-boʻlib (3 
marotaba) yuboriladi, dastlab ozgina qon tez yuborilib bir oz 
kutiladi, bemorda hech qanday noxushlik alomatlari paydo 
boʻlmasa. muolaja davom ettiriladi. Qon quyish aseptika 


qoidalariga rioya qilgan holda vrach nazoratida bajariladi. Qon 
quyganda belda ogʻriq tursa, koʻngil aynisa, eshakem toshsa Qon 
quyish toʻxtatilib, bemor darhol adyolga oʻralib, unga issiq choy 
ichiriladi va vrach buyurgan dori-darmonlar qilinadi.[1] 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling