Fiziologiya fani o‘quv dasturi
-mavzu. Qonning ximoya xossalari. Gemostaz. Qon guruhlari. Qonning rezus mansubligi
Download 118.08 Kb.
|
portal.guldu.uz-Fan dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. Yurakning gemodinamik vazifasi. Yurak muskulining asosiy fiziologik xossalari. Yurak faoliyatining boshqarilishi.
- 4-modul. 6-mavzu. Gemodinamika asoslari. Qonning tomirlarda harakatlanishi. Arterial qon bosimi.
4-mavzu. Qonning ximoya xossalari. Gemostaz. Qon guruhlari. Qonning rezus mansubligi.
Qon oqishining to’xtashiga gemostaz deyiladi. Gemostaz qonning ivishi natijasida ro’y beradi. Qonning ivishi gemokoagulyatsiya deb nomlanadi. Qonning suyuq holatdan jelesimon laxtaga aylanishi qon ivishi deyiladi. Odamning qoni tomirdan chiqqach, 3-4 minutdan keyin iviy boshlaydi, 5-6 minutdan keyin esa dirildoq lahtaga aylanadi. Qonning ivish mexanizmini izohlash uchun bir qancha nazariyalar taklif qilingan. Qon ivishining zamonaviy fermentativ nazariya asoschisi A.A.Shmidt hisoblanadi. Uning nazariyasini P.Morovits qo’llab-quvvatladi. Qonning ivish jarayoni uchta komponentni o’z ichiga oladi: 1. Qon tomirlar devori; 2. Qonning barcha shaklli elementlari, ayniqsa trombotsitlar; 3. Qon ivishining plazma omillari. 1(283-293),3(355-370) 5-mavzu. Yurakning gemodinamik vazifasi. Yurak muskulining asosiy fiziologik xossalari. Yurak faoliyatining boshqarilishi. Organizmning ajratish faoliyati, bolalarda ajratish jarayonlarining xususiyatlari. Gomeostazni saqlashda ajratish a’zolarining roli. Nefronning morfo-funktsional tavsifi Siydik xosil bo’lish jarayonlari, ularning bolalardagi xususiyatlari. Buyraklarning sekretor faoliyati. Tajribada buyrak faoliyatini o’rganish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: Siydik qovuqiga fistula qo’yish (I.P.Pavlov usuli). Ikkala siydik yo’li teshigini yara yuzasiga olib chiqish (L.A.Orbeli usuli). Mazkur usul o’ng va chap buyrak faoliyatini alohida o’rganish imkonini beradi. Mikropunktsiya va mikroperfuziya usuli (A.N.Richards usuli). Nefronning Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga mikropipetka kiritib, filtrlanish jarayonini o’rganish imkonini beradi. «Tozalanish» usuli. Moddalarning qondagi va siydikdagi kontsentratsiyasini taqqoslash. Siydik hosil bo’lish jarayonlari jadalligiga baho berish uchun qo’llaniladi. 1(293-318),3()367-401) 4-modul. 6-mavzu. Gemodinamika asoslari. Qonning tomirlarda harakatlanishi. Arterial qon bosimi. Gemodinamika – tomirlarda qonning harakatlanishi haqidagi ta’limot. Gemodinamika qonunlari gidrodinamikaning, ya’ni suyuqliklar harakati haqidagi ta’limot qonunlari bilan bir xil. Gidrodinamika qonunlariga binoan, naylarda suyuqlikning harakatlanishi nayning boshi va oxiridagi bosimlar farqiga to’g’ri proportsional, suyuqlikning harakatiga nisbatan qarshilikka teskari proportsional. Yurakdan oqib ketayotgan qonning miqdori unga oqib kelayotgan qon miqdoriga teng. Bu demak, qon aylanishi katta va kichik doirasining butun arterial sistemasi yoki barcha arteriolalari orqali yohud barcha kapillyarlari yoki butun venoz sistemasi orqali 1 minutda o’tgan qon hajmi bir xil. Tomirlarda harakatlanayotgan qon tomir devoriga ma’lum kuch bilan bosadi. Shu kuchga qon bosimi deyiladi. Arteriyalarga yurak qorinchalari sistolasi vaqtida qon otilib chiqadi va natijada ulardagi bosim ortadi. Ushbu bosim sistolik bosim deyiladi. Katta odamlarda uning kattaligi simob ustunining 110-120 mm ni tashkil qiladi. Odamning yoshi ortgan sari arteriyalar devorining elastikligi kamayadi. Buning natijasida sistolik bosim ko’rsatkichi ham ortadi va simob ustunining 130-140 mm ga tenglashadi. Qorinchalar diastolasi vaqtida arteriyalardagi qon bosimi pasayadi. Bunga diastolik bosim deyiladi. Diastolik bosim ko’rsatkichlari yoshlarda 70-80 mm simob ustuni, katta yoshli odamlarda esa 90—100 mm simob ustuni. Sistolik bosim bilan diastolik bosim orasidagi farq 1(318-328),3(401-428) Download 118.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling