Fiziologiya fani o‘quv dasturi


-mavzu. Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi


Download 118.08 Kb.
bet5/14
Sana16.06.2023
Hajmi118.08 Kb.
#1516322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
portal.guldu.uz-Fan dasturi

7-mavzu. Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi.

Ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezlar, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari, erkak va ayol jinsiy bezlari, epifiz, ayrisomn bez, yo’ldosh, hamda oshqozon-ichak yo’lidagi endokrin hujayralar. Ushbu bezlar sintezlaydigan mahsulotlar «gormon» deb nomlanadi. Ichki sekretsiya bezlarining tashqi sekretsiya bezlaridan farqli ravishda, chiqaruv yo’llari bo’lmay, ular o’z gormonlarini bevosita qonga ajratadi. Gormonlar qon bilan plazmada erigan holda, plazma oqsillari bilan birikkan holda tashiladi. Masalan, qondagi albuminlar, γ-globulinlar va tansferrin kabi oqsillar turli gormonlar bilan kompleks hosil qilishi mumkin.


Gormon molekulasidagi fragmentlar turli vazifalarni bajaradi. Masalan, gaptomerlar – gormon ta’sir etadigan joyni axtarib topish vazifasini bajaradi, aktonlar esa - gormonning hujayraga ko’rsatadigan spetsifik ta’sirini ta’minlaydi. Gormon molekulasida shuningdek gormonning faollik darajasini va gormon molekulasining boshqa xossalarini boshqaruvchi fragmentlar ham bo’ladi.
Vazifasiga ko’ra: Effektor gormonlar. Nishon a’zoga bevosita ta’sir etuvchi gormonlar.
Glandotrop gormonlar. Effektor gormonlar sintezi va ajralishini boshqaradi.
Rilizing va ingibitor gormonlar. Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanib, glandotrop
gormonlar ajralishini boshqaradi. Shu tariqa endokrin tizimni markaziy nerv tizimi bilan
bog’laydi.
1(214-251), 3(266-314)
8-mavzu. Nafas tizimining funktsional xususiyatlari. Gazlarning qon bilan tashilishi. Nafasning boshqarilishi.

Nafas - bir qancha jarayonlar yig’indisi bo’lib, natijada organizm kislorodni iste’mol qiladi va karbonat angidrid ajratib chiqaradi.


Odam va yuksak taraqqiy etgan hayvonlarning nafasi quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  1. Tashqi nafas yoki o’pka ventilyatsiyasi – atmosfera havosi bilan alveola havosi o’rtasida gazlar almashinuvi;

  2. O’pkada gazlar diffuziyasi – alveola havosi bilan o’pka kapillyarlaridan o’tayotgan qon o’rtasida gazlar almashinuvi;

  3. Gazlarning qon bilan tashilishi;

  4. To’qimalarda gazlar diffuziyai – to’qima kapillyarlaridagi qon bilan to’qimalar o’rtasida gazlar almashinuvi;

Ichki nafas – hujayralarning O2 iste’mol qilishi va SO2 ajratib chiqarishi. Gazlar suyuqlikda 2 xil ko’rinishda tashiladi: oddiy fizikaviy erigan holda va kimyoviy birikma holida. Gazlarning suyuqlikda eriy oladigan miqdori quyidagilarga bog’liq:

  1. Suyuqlikning tarkibiga;

  2. Suyuqlikning ustidagi gazning hajmi va bosimiga;

  3. Tekshirilayotgan gazning tabiatiga.

1(341-492), 3(434-473)




Download 118.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling