«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


stimullariga qo’zg’alish darhol maksimal kattalikka yetadi, bu «bor» qonuni va ta’sirot yanada kuchaytirilganda ham «effekt» oshmaydi


Download 452.12 Kb.
bet12/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

stimullariga qo’zg’alish darhol maksimal kattalikka yetadi, bu «bor» qonuni va ta’sirot yanada kuchaytirilganda ham «effekt» oshmaydi.
Bu qonunga asosan «yo’q» bo’sag’adan past stimulga qo’zg’alish butunlay kelib chiqmasligini bildiradi, deb faraz qildilar. «Bor» bo’sag’aga esa qo’zg’aluvchan to’qima potentsial imkoniyatlarini batamom tugatganliginining ifodasi, deb qaraldi. Keyinchalik mikroelektrodlar bilan olib borilgan
tadqiqotlar, ta’sir etuvchi stimul kuchi bo’sag’aga yaqin bo’lganda, shu ta’sirlangan qismida tarqalmaydigan mahalliy (lokal) javob yuzaga chiqishi aniqlandi.
Bundan tashqari, nerv va muskul tolasidagi harakat potentsiali yuksalib yeta oladigan maksimum «bor» ning miqdori ham o’zgaruvchan emas, qo’zg’aluvchan to’qimalarning funktsional holatiga qarab u ma’lum chegaradan ortib yoki kamayib turadi.Bunga sabab, tirik hujayrada membrana depolyarizatsiyasining taraqqiy etishini faol ravishda to’xtatib turadigan jaroyonlar ro’y beradi. Birinchidan, inaktivatsiya jaroyoni membrananing Na+
ionlarining o’tkazuvchanligini kamaytiradi; ikkinchidan, membrananing K+
ionlarining o’tkazuvchanligining oshiruvchi jaroyon yuz beradi. Membrananing natriy ionlarini o’tkazuvchanligining ortishiga qanday bo’lmasin to’sqinlik
qilinsa yoki aksincha, kaliy ionlarining o’tkazuvchanligi osonlashtirilsa, harakat potentsialining amplitudasi kamayadi. Membrananing ionlarni o’tkazuvchanligi qarama-qarshi tomonga o’zgarsa, harakat potentsialining amplitudasi ortib ketadi.
Nerv tolasiga kokain, novakain, uretanning kichik miqdorda ta’sir etilganda harakat potentsialining amplitudasi kamayishi bilan bir qatorda, «bor yoki yo’q» qonuni ham buziladi. Bu shunday ifodalanadiki, nerv tolasining ta’sirotga beradigan javoblari lokal javob bilan normal harakat potentsiali o’rtasidagi oraliq shakliga kiradi. Intakt nerv tolasida tok kuchi ortganda faqat lokal javoblar ortadi, lekin potentsiallarining amplitudasi ta’sirlovchi stimulning kuchiga bog’lik bo’lmaydi. Bunga qarama-qarshi o’laroq, kuchsiz
narkozlangan nerv tolasida yoki zaif tok katodi ta’sir etib turgan tolada bo’sag’a ta’siri ostida kelib chikadigan harakat potentsiallari kichik amplitudali bo’ladi, ammo stimullar kuchiga ortib borishi bilan bu potentsiallar sekin- asta kattalashib boradi.

Download 452.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling