«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


ибуляр анализаторларининг


Download 452.12 Kb.
bet49/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

ибуляр анализаторларининг физиологияси;

Odam tanasining holatini sezishida vestibulyar analizatoring ahamiyati katta. Bu Sensor tizim tana harakati tezlashishi va sekinlashishi hamda boshning fazodagi holati o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar asosida skelet muskullari tonusining qayta taqsimlanishmi ta‘minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini beradi.


Vestibulyar sensor tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi labirintda joylashgan. Labirint suyakdan iborat bo`lib, uchta yarim doira kanallardan, utrikulyus, sakkulyus va chig‘anoqdan tashkil topgan. (69-rasm). Suyak labirinti ichida uning Yarim doira kanallarning har biri utrikulyusdan boshlangan, doiraning 2/3 qismini hosil qilib,
utrikulyusda tugagan. Kanalning utrikulyusga qo‗shiladigan qismi kengayib ampula hosil qilgan. Ampula ichida qirra — ampula kristasi joylashgan. Kristani ikki turdagi tukli retseptor hujayralar va
tayanch hujayralar qoplagan. Tukli hujayralar ikkilarnchi retseptorlardir. Ular afferent tola bilan sinaps orqali bog‘langan. Birinchi turdagi tukli hujayralar asosini yakka afferent tolaning oxiri qadoq shaklida qamrab olgan va sinaps hosil qilgan. Bu turdagi retseptorni nervlagan efferent tola hujayraning o‗zi bilan bevosita bogianmagan. U retseptor asosini qamrab olgan afferent tola oxirida sinaps hosil qilgan.
Ikkinchi turdagi tukli hujayralar ham afferent, ham efferent tolalar bilan sinapslar orqali bevosita bog‘langan. Ikkala turdagi retseptor hujayralarning uchi tuklarga (kiprikchalarga) ega. Elektron mikroskop yordamida har qaysi hujayraning 60—80 stereotsiliyasi va bir dona kinosiliyasi borligini ko'rish mumkin.
Retseptor va tayanch hujayralardan tashkil topgan epitelial qavatni mukopolisaxaridlardan iborat shilimshiq massa — kapula qoplab turadi. Kapula ampulani toidirgan. Tezlashish tufayli yuzaga chiqqan endolimfa harakati bu massaning siljishiga, unga botgan tuklarning egilishiga olib keladi. Tuklar egilib, retseptor hujayralarni qo'zgatadi yoki tormozlaydi. Sakkulyus va utrikulyusning dog‘larda (makulalarida) ham ikki turdagi tukli retseptor hujayralar bo`ladi. Bu retseptorlarni kalsiy tuzlaridan hosil bo`lgan kristallarni — otolitlarni
— o‗z ichiga qamrab olgan jelatinasimon otolit membrana bosib turadi, Yerning Gravitatsiya maydonida tana holatining o'zgarishi otolit membrananing siljishiga, retseptor hujayralar tuk larining egilishiga va ulardan markazga intiluvchi impulslar soni ortishiga yoki kamayishiga olib keladi.
Demak, utrikulyus malekulasi gravitatsiya maydoniga nisbatan tana holati o‘zgarishlarini sezadi Sakkulyus makulasi utrikulyusga bu ishda yordam beradi, bundan tashqari, tebranishlarni (vibratsiyani) sezadi. O‘zaro peфendikulyar tekislikdagi uchta yarim, doira kanallar ampulalaridagi retseptorlar burchak tezlanishlar ta‘siriga javob beradi.
Tukli hujayralarning adekvat ta‘sirotlarga javobi qanday bo`lishi tuklarning egilish tomoniga bog‘liq.Agar tuklarning egilishi kinotsilva tomoniga qaratilgan bo‗lsa, retseptor hujayralarning impuls faolligi ortadi.
Tuklar tutami, aksincha, stereotsiliyalar tomoniga egilsa, retseptoming impulslar hosil qilishdagi faolligi susayadi.Otolit apparatdagi retseptorlarning fazoni egallagan holatida farq bor. Ba‘zi tukli hujayralarning kinosiliyasi stereotsiliyalardan chapda bo`lsa, ba‘zilarida o‘ngda bo`ladi. Shuning uchun ham otolit membrananing siljishi bir retseptorlarni qo‘zg‘atsa, boshqalarini ayni vaqtda tormozlaydi.
Otolit apparat retseptorlari 2—20 sm/s ga teng tezla- nishni sezishga imkon beradi. Ampula kristasidagi retseptorlar esa boshning chap va o‘ng tomonlarga 1° engashtirilganini, orqa va oldinga 1,5—2,0° engashtirilganini sezishni ta‘minlaydi. Tukli hujayralardan impulslarni MNT ga o‗tkazuvchi aksonlar vestabulyar nervni (bosh chanoq VIII —juft nervning qismi) hosil qiladi. Bu nerv uzunchoq miyadagi vestibulyar yadrolarda tugaydi, Uzunchoq miyaning chap va o‘ng yarmida yuqori, medial, lateral va pastki yadrolar tafovut qilinadi. Bu yadrolardan chiqqan nerv tolalari ularni markaziy nerv tizimining boshqa qismlari bilan bogiaydi. Vestibulospinal yol tolalari asosan yozuv muskullarining gamma-motoneyronlarda, qisman alfa-moto neyronlarda tugaydi.
Bu yolning bo‘yin muskullari faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlarga ta‘siri statik va stato-kinetik reflekslarni yuzaga chiqishida muhim ahamiyatga ega.
Vestibulyar yadrolar ko`zni harakatlantiruvchi nerv yadrosi miyacha, to‘rsimon formatsiya, gipotalamus, talamus orqali miya po'stlog‘i bilan ham bog`langan.
Vestibulyar tizimning shikastlanishini harakatlar boshqaruvming buzilishi va bir qator vegetativ o‘zgarishlarga (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, terlash va h. k.) sabab bo`ladi.



  1. Hid bilish analizatorlarining fiziologiyasi?

Hid sezgi tizimining retseptorlari shilliq qavatining hujayralari orasida yuqori burun yo'llari hududida joylashgan bo'lib , ular o'rta o'tish joylarida alohida orollarga o'xshaydi . Xushbo'y hidli epiteliya asosiy nafas olish tizimidan uzoqda joylashgan , shuning uchun siz xushbo'y moddalarni qabul qilganingizda , odam chuqur nafas oladi va hidlaydi . Epiteliya qalinligi taxminan 100-150 mikronni , qo'llab - quvvatlovchi hujayralar orasida joylashgan retseptor hujayralarining diametri 5 10 mikronni tashkil qiladi . Olfaktiv retseptorlari birlamchi bipolyar sezgi hujayralari . Ularning odamlarning umumiy soni qariyb 100 millionni tashkil qiladi.Har bir tutun hujayrasi yuzasida sharsimon qalinlashuvyuzasida sharsimon qalinlashuv mavjud . Bu tuturiqsiz makiya . Eng nozik ( 0,3 mikron ) sochlarning 6-12 qismi undan 10 mikron uzunlikda chiqadi



  1. Download 452.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling