«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


Shartli reflekslarni hosil qilish qonunlari?


Download 452.12 Kb.
bet51/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

Shartli reflekslarni hosil qilish qonunlari?


Shartli refieksni shartsiz refleks asosida qonun-qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina yuzaga chiqarish mumkin.

  1. Shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal (bu shartsiz refleks uchun befarq ta‘sirot, masalan, qo‘ng’iroq) shartsiz ta‘sirot (ovqat) bilan boglangan holda takroran qollanilislii kerak.




  1. Shartli signal shartsiz ta‘sirotdan sal oldin berilishi zarur.




  1. Shartli signal shartsiz ta‘sirotga nisbatan kuchsizroq bolishi kerak. (Shartli signalning biologik ahamiyati shartsiz. ta‘sirotning biologik ahamiyatidan kamroq bo‘Mshi kerak).

‗. Shartli refleks hosil qilish uchun markaziy nerv tizimi faol bolishi kerak.
Sharth refleks hosil qilish jarayonida bosh miya po'stlog‘i yot ta‘sirotlardan mutlaqo xolis bolishi lozim
    1. Шартли рефлексларнинг тормозланиши;


Vaqt o’tishi bilan oliy nerv faoliyati mukammalashadi, ya’ni xulq atvor keraksiz, eskirgan elementlardan tozalanadi. Bu jarayon har bir shartli refleksni o’zida ketadigan tormozlanish jarayonlari bilan bog’liq holda kechadi.


SHartli tormozlanishni quyidagi turlari farqlanadi: so’nish, farqlash, kech qolish va shartli tormoz. Ularning barchasi tajriba yo’li bilan xosil qilinganligi sababli shartli xisoblanadi. SHartli tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli xisoblanadi. SHartli tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli refleks yoyi ichidaligi uchun ichki tormozlanish deb ham ataladi.




So’nuvchi tormozlanish. Agar shartli qo’zg’atuvchi vaqti-vaqti bilan shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanib tuzilmasa, shartli refleks so’nadi. Masalan, itga chiroqni yoqib so’lak oqizuvchi shartli refleks hosil qilgandan so’ng, chiroq yoqib ovqat berilmasa so’lak ozroq chiqa boshlaydi va oxir oqibatda mutlaqo oqmay qo’yadi. SHunday qilib chiroq ovqat berilishi xaqidagi xabarchiligini yo’qotdi. So’nuvchi tormozlanish muxim biologik ahamiyatga ega. Yangi sharoitga o’tish eski shartli refleksga ehtiyoj qoldirmasa ular so’nib o’rniga yangilari xosil bo’ladi.


Farqlash xisobiga tormozlanish. Bu turdagi tormozlanishda shartli qo’zg’atuvchiga o’xshash qo’zg’atuvchiga nisbatan tormozlanish jarayoni sodir bo’ladi. Itga 100 Vattli chiroqni yoqishga so’lak oqizuvchi mustahkam shartli refleks xosil qilgandan so’ng 150 Vattli chiroq yoqilsa ham, so’lak ajraladi. Biroq 100 Vattli ovqat bilan mustaxkalab 150 Vattli ta’sirni mustaxkamlamasa bir necha takrorlashdan keyin 150 vattli ta’sirga so’lak oqmaydi, ya’ni o’xshash qo’zg’atuvchining ta’siriga shartli refleks tormozlanadi.

Kundalik hayotda farqlovchi tormozlanishning ahamiyati katta. Tajribasiz kuchuk hayoti davomida juda ko’p xatolar qiladi. Katta it esa farqlash hisobiga xulq-atvorini sharoitdan kelib chiqib amalga oshiradi. Odam atrofdagi voqeyliklarni nihoyatda nozik farqlaydi. Xattoki, aytilgan so’zlarning oxangiga qarab o’z faoliyatini rejalashtiradi.


SHartli tormoz. CHiroqni yonishiga mustahkam so’lak oquvchi shartli refleks hosil qilingandan keyin chiroqni yonishiga ikkinchi kuchsiz yot qo’zg’atuvchini qo’shilsa va bu kombinatsiya shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanmasa, tezda chiroqni yonishiga so’lak ajralaveradi, chiroqqa yot qo’zg’atuvchi qo’shilganda shartli refleks tormozlanadi. Demak, shartli qo’zg’atuvchiga qo’shilgan yot qo’zg’atuvchi shartli tormoz xisoblanadi. Har qanday ta’sir xohlagan qo’zg’atuvchiga shartli tormoz bo’lishi mumkin. Hayot davomida xosil qilingan shartli tormozlar shartli reflekslarni aniqlashtiradi, odam va hayvonlar xulq atvorini muhit sharoitlariga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.


Kech qolish hisobiga tormozlanish. Itda mustaxkam so’lak ajratuvchi shartli refleks xosil qilgandan keyin shartli qo’zg’atuvchini shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustaxkamlashni ma’lum muddatga cho’zib qo’ysa, so’lak ajratish reaktsiyasi tobora kechika boshlaydi, oxir oqibatda shartli so’lak oqish cho’zilgan vaqtni tugashiga kelib boshlanadi. SHunday qilib shartli qo’zg’atuvchi dastlabida tormozlovchi, vaqt o’tishi bilan qo’zg’atuvchi ta’sir qiladi. Bu paradoksni qo’shimcha qo’zg’atuvchi «vaqt» qo’shilgani bilan izohlash mumkin. Kech qolish hisobiga tormozlanish muhit sharoitiga moslashishda muxim ahamiyatga ega. Masalan: O’tloqda yurgan quyon och bo’ri uchun shartli qo’zg’atuvchi hisoblanadi. Tajribasiz yosh bo’ri quyonni ko’rishi bilan unga tashlanadi va oradagi masofa kattaligi sababli quyon qochib ulguradi. Tajribali bo’ri pisib yotib quyonni iloji boricha unga yaqinlashishiga imkon berib, masofani yetib olish darajasiga yetgandagina quyonga tashlanadi. Kechikish hisobiga tormozlanish hayotiy tajriba asosida yosh ulg’aygan sari kuchayadi.




    1. Download 452.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling