Fjsti kimyo va Biologiya kafedrasi assistenti


Download 31.71 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi31.71 Kb.
#1498817
  1   2
Bog'liq
stenokardiya


Stenokardiya etiologiyasi, klinikasi, yurakdagi patologo-anatomik o’zgarishlar, zamonaviy tekshirish usullari va davosi.
FJSTI Kimyo va Biologiya kafedrasi assistenti
Dexqanova Nigora Namanjanovna
Dekhanova.n@mail.ru
+99891 328 55 56
Jo'rayev Islomjon Baxromjon o'g'li,
FJSTI, Davolash ishi fakulteti talabasi
islomjon090@gmail.com
+99899 786 73 73
Annotatsiya – Ushbu maqola so’ngi 10 yil ichida aholi orasida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallanish yuqori o’rinlardan birini egallab turibti. Agar yurak qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida sodir bo’layotgan o’lim hodisasini 100 % deb qaralsa, uning 52,5 % ini yurak xuruji stenokardiya, infarkt natijasida yuz beradi[2]. Ushbu muommoning sog’liq uchun dolzarbligi, ularning keng tarqalganligi, o’lim va nogironlikning yuqori darajasi, mamlakatning mehnat salohiyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy yo’qotishlar bilan bog’liq. Yurak-qon tomir kasalliklarining hozirda keng tarqalgan turlaridan biri bu stenokardiya.
Kalit so’zlar - Stenokardiya, infarkt, yurakning koronar kasalliklari, tranzitor ishemiya, miokard ishemiya, aterosklerozi, revmatik vaskulit, zaxmli mezoaortit, tugunchali periarterit, yurakni aortal nuqsonlari, og’ir kamqonlik, kardioskleroz, postinfarkt miokradioskleroz, yurakning xronik anevrizmasi, zo’riqish stenokardiyasi, prisnmetall stenokardiyasi, beqaror stenokardiya, transmural ishemiyaga, koronar tomirlar spazmidir, bradikardiya, taxikardiya.
Stenokardiya yurakning koronar kasalligi turiga kirib, tranzitor ishemiya tufayli boshlanadi va to’shdan chapda II – V qovurg’alar oralig’ida qisqa muddat davom ertadigan og’riq xurujlari bilan ta’riflanadi. Stenokaediya ko’krak qisish kasalligi deb ham atalib, birdan miokard ishemiyasi boshlanishiga bog’liq bo’lgan va to’sh orqasida og’riq tortib qolishi bilan tariflanadigan klinik sindromdir. Og’riqlar odatda bo’yin, kuraklararo bo’shliqlarda, chap yelka bilan chap qo’lda, o’mrov suyagi atrofida, pastki jag’ning chap tomonida bir necha daqiqagacha davom etadi va kamdan kam hollarda ko’krak qafasining o’ng tomoniga va o’ng qo’lga hamda belga og’riq uzatiladi. Ba’zan hansirash, terlash, o’limdan qorqish hissi bilan kechadi. Xuruj paytida bemorlar kamgap, og’riqni joylashish sohasini kafti yoki mushtini to’sh suyagi ustiga qo’ygan holda ko’rsatadi[1][3]. Stenokardiya yetakchi klinik simptom bu miokard kislorodga va miokardni yetkazib berish o’rtasidagi nomuvofiqlikdan, toj tomirlarida qon aylanishning buzilishi oqibatida kelib chiqadi[Meduniver.com 1][3]. Bunda toj tomirlar ya’ni miokardni qon bilan ta’minlaydigan tomirlar bo’ylab qon oqishi buziladi, bu yurak sohasida to’sh orqasida og’riq paydo bo’lishiga olib keladi[Meduniver.com 2]. Ko’p hollarda og’riq yuzaga kelishiga miokardni o’tib ketuvchi ishemiyasi sabab bo’ladi. Undagi og’riq sindromi stenokardiya kasalligini belgisi hisoblanadi va u quyidagi xos belgilarga ega[3].
Og’riqni joylashishi – odatda, to’sh ortida yoki undan biroz chapda;
Og’riqni tarqalishi – ko’proq chap kurak ostiga, bo’yinga, chap qo’lga, jag’ga;
Yuzagag kelish sababi va sharoiti – jismoniy zo’riqishda, hayajonlanganda, ovqatlanish vaqtida;
Og’riq xarakteri – bosuvchi, siquvchi;
Og’riqni davomiyligi – bir necha soniyadan 30 daqiqagacha[3].
Stenokardiyadagi og’riqlar ko’pincha yurak toj tomirlari aterosklerozi bo’lgan bemorlarda, tomirlarni yalliglanish bilan kechuvchi kasalliklarda – revmatik vaskulit, zaxmli mezoaortit, tugunchali periarterit, yurakni aortal nuqsonlarida va og’ir kamqonlikda kuzatiladi[3].
Stenokardiya yurak ishemik kasalligining formalaridan biri, u kasallikning birdan bir belgisi bo’lishi mumkin yoki uning boshqa formalari – kardioskleroz, postinfarkt miokradioskleroz, yurakning xronik anevrizmasi bilan birga uchrashi mumkin. Stenokardiyaning tarqalganligi har ikkila jins orasida yosh ortib borishiga qarab ortib boradi: 45-54 yoshlilar orasida stenokardiya kuzatilish hollari 2-5 faoizni tashkil etsa, 65-74 yoshlilarda bu 10-20 foizga yetadi. Ko’pkina yevropa mamlakatlarida, har yili 20 mingdan 40 minggacha yangi stenokardiya bilan hastalangan bemorlar paydo bo’ladi.
Stenokardiyaning uchta asosiy xili farqlanadi:

  • Tipik zo’riqish stenokardiyasi;

  • Prisnmetall stenokardiyasi;

  • Beqaror stenokardiya[1].

Tipik zo’riqish stenokardiyasi odamga jismoniy zo’riqish mahallarida kuzatiladi va yurak ishi tezlashib, arterial bosim ko’tarilishi bilan birga davom etadi. Bu xildagi stenokardiyaning boshlanshi miokardning kislorodga bo’lgan extiyoji zo’raygan holda qon bilan keladigan kislorodning bu ehriyojini qoplay olmasligiga bog’liqdir, chunki bunda zararlangan toj tomiri orqali qon bilan ta’minlanib turadigan joylardan qon o’tishi kamayib qoladi. Shu vaqtda chap qorincha subendokardial bo’limi ishemiyasi boshlanadi, chunki bu bo’lim koronar tomirlar o’zanining eng olis qismlarida joylashgan bo’lib, shu tomirlardan qon kelishi kamayganida ancha nochor ahvolga tushib qoladi. Odam shu vaqt tinchlanib, dam olsa va nitrogliserin ishlatganida zo’riqish stenokardiyasi bardam topib ketadi[1].
Vazospastik (Prinsmetall, spontan yoki variantli) stenokardiyasi, aksincha, odam tinch turgan mahalda, koronar arteriyalari spazmi natijasida, ayrim hollarda kunning ma’lum bir vaqtida (tunda yoki erta tongda), miokardning qon bilan ta’minlanishi kamaygan vaqtda boshlanadi. Bu transmural ishemiyaga olib keladi[1][3]. Transmural ishemiya chap qorinchaning butun devori qalinligini qamrab olishidir[2]. Ushbu xildagi stenokardiyaning sababi yurak toj tomirlari, koronar tomirlar spazmidir, og’riq davomiyligi 5-10 daqiqadan 20-30 daqiqagacha bo’lib, ko’proq to’sh ortida joylashadi va chap qo’l, yelka ham kurak ostiga uzatiladi. Aksariyat hollarda bradikardiya kuzatiladi. Taxikardiya esa xuruj yaqqol namoyon bo’lganda yoki uning oxirida, og’riqqa javoban simpato – adrenal tizim faollashishi yoki nitroglitserin ta’sirida yuzaga keladi. Vazospastik stenokardiyaning yana bir klinik belgisi og’riq xuruji vaqtida paydo bo’lgan va elektrolitlat disbalansi natijasida kuzatiluvchi yurak ritmi va o’tkazuvchanligini buzilishi hisoblanadi. Bemorlarda ko’p hollarda o’tib ketuvchi qorincha ichi va atrioventrikulyar blokadalar, yuqori gradatsiyadagi qorinchalar ekstrasistoliyasi, paroksizmal taxikardiyalar va ba’zan qorinchalar fibrillyatsiyasi kuzatilishi mumkin. Prinsmetall stenokardiyada EKG va RS-T segmentini o’rta chiziqdan yuqoriga (miokard infarktning o’ta o’tkir davriga o’xshash) ko’tarilishi toj tomirlarni o’tib ketuvchi spazmi tufayli miokardda yaqqol namoyon bo’lgan transmural ishemiya rivojlanganligidan daloat beradi. Xuruj bartaraf etilgach, RS-T segmenti o’z o’rniga qaytadi[1][3].
Beqaror stenokardiya stenokardiyaning zo’rayib boradigan xili deb hisoblanadi, bunda tez-tez va kuchli og’riq xurujlari tutib turadi. Mana shu narsa beqaror stenokardiyani o’tkir koronar yetishmovchilik deb atashga xos beradi, lekin buning sababi hozirda aniq emas. Ba’zi odamlarda stenokardiyaning bu xili yurak toj arteriyalarining stenozlovchi ateroskleroziga bog’liq bo’ladi. Boshqa hollarda trombotsitlar agregatsiyasi va toj arteriyalar sapzmi ahamiyatga egadir[1].
Stenokardiyada og’riqlar ko’p hollarda hansirash va o’limdan qorqish hissi bilan birga kechadi. Agar bemor qo’lini musht qilib to’sh ustiga qo’ysa bu stenokardiyaga xos, barmog’i bilan ko’krak qafasining biror nuqtasini ko’rsatsa va u yerni yurak joylashgan soha deb o’ylasa, bunday hollarda og’riq sababi stenokardiya bilan bog’liq bo’lmaydi. Ayrim hollarda og’riq ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib, bemorda havo yetishmaslik, ko’krak qafasining siqilishi, keskin holsizlik, o’limdan qorqish hislari kuzatiladi[3].
Stenokardiya tashhisini 70 % hollarda tasdiqni aniqlash uchun anamnezni to’la yig’ish yordamida aniqlash mumkin va bu EKG yordamida olingan axborotlardan ham yuqori hisoblanadi. Xuruj bermaganda asbobiy tekshirishlar kam ma’lumot beradi. Shuning uchun ushbu tashhis EKG tushirishning turli zamonaviy usullari asosida tasdiqlanishi kerak[3]. Ba’zi bemorlda to’shdan chapda II – V qovurg’alar oralig’ida qisqa muddat davom ertadigan og’riq xurujlari bo’lmasligi mumkin. Bu vaqtda bemorlarda stenokardiya kasalligini aniqlash uchun veloergometriya usuli bilan tekshirib ko’riladi. Bunda bemorlarni velosiped va boshqa jismoniy mashqlarni bajartirib ko’riladi. Agar bemorda stenokardiya kasalligi mavjud bo’lsa, belgilari paydo bo’ladi.
Stenokardiya xurujida birinchi yordam sifatida quyidagi dori vositalaridan biri qo’llaniladi.
Nitroglitserin – 0,5 mg 1 tabletka til ostiga yoki nitroglitserin kapsulasi (tarkibida 0,5 mg preparat, kapsula tish bilan yorib til ostiga joylashtiriladi);
Izosorbid dinitral har 5 daqiqada til ostiga 5 mg dan (3 martagacha) 15 daqiqa davomida;
Nitroglitserin dozalangan aerozol, 1-2 nafas olganda (3 martagacha) 15 daqiqa davomida;
Nitratlarni buyurishga qarshi ko’rsatma bo’lganda – qon bosimi va pulsni nazorat qilgan holda nifedipin, 5 mg til ostiga yoki chaynashga, betta-blokatorlar (egilok, metapropol va boshqalar) qabul qilish tavsiya etiladi[3].
Og’riq sindromi bartaraf etilganidan so’ng:

  • uzoq ta’sir qiluvchi nitratlar;

  • betta-adrenoblakatorlar,

  • asperin,

  • geparin va AAFI yordamida individual dozalarda rejali davo choralari olib boriladi[3].


Download 31.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling