366
Ul – o‘g‘il.
Ulini – o‘g‘lini.
Chagalgandi – chaqilgandir.
Changirqab – chang-to‘zon aralash, elas-elas.
Chirqillab uchadi torchi –
Chovlab – yorilib, qadoq bo‘lib.
Chokar – lashkar.
Chori – to‘rt yashar qo‘y.
Choroyna – ko‘krakni himoya qilish uchun
urushda kiyiladigan yengsiz
metall kiyim.
Shabron – kecha-kunduz ma’nosida.
Shirolg‘a – ovlangan qush yoki hayvondan beriladigan tortiq.
Shirxo‘ra – emikdosh.
Emakdosh –
bir onaning farzandi,
qon-qarindosh, tug‘ishgan ma’nosida.
Enmoq – tushmoq, tushib kelmoq.
Yugruk chopon – katta-kichik.
O‘r – o‘ra, chuqur. Dostonlarda yer osti yo‘li, lahm.
Qal’a – qo‘rg‘on.
Qarib – harif, sherik, hamkor, hamsuhbat.
Qovg‘a – suv solinadigan idish.
Qulotuz – keng dala.
Qo‘zilarga en solmoq – enchi berilgan molning qulog‘iga qo‘yiladigan belgi.
G‘aznakor – xazinador.
G‘azo (g‘azot) – urush, jang.
G‘alt urmoq – mavj urmoq.
G‘angqimoq – to‘dadan qaerdan qulay yo‘l topsa, shu yerga o‘zini urmoq.
G‘angqitmoq – to‘dada otni qulay kelgan to‘g‘ri yo‘lga burmoq.
G‘anim – dushman.
G‘arroq – g‘irot.
G‘idirish – jig‘. G‘idirishiga gapirmoq –
achchiq bilan, g‘azab
bilan gapir-
moq, jig‘iga tegmoq.
G‘oza – qizil bo‘yoq.
G‘ujur – hayrat, jo‘shqinlik; g‘azab.
G‘ul – zanjir, halqa.
Havdak – yegulik qushlarga mo‘l epik ko‘l nomi.
Havl – qo‘rqinch, kuchli bezovtalik.
Do'stlaringiz bilan baham: