Fondlar va uning trurlari. Firmaning harajatlari. Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari
Download 50.45 Kb.
|
mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fondlar
1.1Fondlar va uning trurlari.
Fond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldisotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldisotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi. Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor. Fond birjasi 16-asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida paydo boʻlgan. Jahonda 150 dan ortiq yirik Fond birjasi bor (2003). Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi, lekin ularning ko'pi keyinchalik yopildi. Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqxoʻjaligi barcha tarmoqlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993- Asosiy fondlarnbi va ko‘rsatkichlariing turlari, tarki Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarnatural baholash-hhlzb chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalami ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha graflklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash amortizatsiya hajmini belgilash,asosiy fondlar va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy fondlaming umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlaming turlar bo ‘yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o‘lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o ‘rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko'paytirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ulaming ulushi qanchalik yuqori bo‘Isa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ulaming yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan awaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlaming turlar bo‘yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o‘tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda vafan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchan- roq, ulaming boshqaruvi moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. «Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlam ing yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob uskunalarningyoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalaming ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quwatlari shunchalik past boiadi, Inqiroz yillarida ko‘plab davlatlar o‘z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‘lami yo‘naltirishga majbur bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi davlat budjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy nomutanosiblikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi.Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o‘zining rivojlanish davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma -bosqich eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o ‘tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko'rsatuvchi obyektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o ‘laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o‘zinikining qiymatini mahsulotga o‘tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo‘q bo‘lib ketadi. Ularning, o ‘rni toMdirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir o'tkazmasada, ishchilar turmush sharoiti bilan bog‘liq holda, albatta korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiladi. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy o'xshashligiga qaramasdan, umumiy maqsadi va xizmat qilish muddati bilan farqlanuvchi mehnat vositalarining asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ulami alohida xususiyatlari bo‘yicha muayyan guruhlarga ajratish zarurati tug‘iladi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: • yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo‘lgan tabiatdan foydalangan obyektlari (suv yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar). • binolar (ishlab chiqarish - texnik, yordamchi binolar va boshqalar); • inshootlar (injenerlik qurilish obyektlari ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar); • uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari); • mashina vajihozlar; •hisoblash texnikasi; •transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish) •qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo‘lgan asbob va moslamalar; •ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari; •xo‘jalik ichidagi yo‘llar. Asosiy fondlar alohida guruhlari o‘rtasidagi nisbat asosiy fondlaming qaysi guruhi uchun mablag4 sarflanishi jamiyat uchun ahamiyatsiz emas. Chunki korxonalami ishab chiqarishda asosiy o‘rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlay- digan asosiy fondlaming aktiv qismi - mashina va jihozlaming ko‘payishi qiziqtiradi. Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlarasosiy fondlaming passiv qismiga kiradi.Asosiy ishlab chiqarsh fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o‘sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi. Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarishning o4sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pill mablag4 larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi. Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasi bir xil bo4lmaydi. Masalan, yengil va oziq- ovqat sanoatida binolar asosiy o4rin egallaydi (44-46%), yonilg4i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarda massalan jihozlar asosiy o4rin egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar bo4lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xarakteri, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi hamda korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari hisoblanadi. Birinchi omil binolaming qiymati va o4lchamiga, transport vositalari va o’tkazish qurilmalarining hissasiga ta’sir qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi maxsus ishchi mashina va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va to4rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko4rsatadi. Asosiy fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham bog‘liq. Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib keladi: • uskunalami yaxshilash va zamonaviylashtirish; • uskunalar, xususan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan stanoklar, avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan stanoklar, universal va murakkab stanoklar, avtomatik liniyalar hamda hisoblash- dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish; • bino va inshootlardan optimal foydalanish, bo‘sh turgan joylarga qo‘shimcha uskunalar o‘matish; • korxonaning qurilish loyihalarini to‘g‘ri tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish; • ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalami tugatish. Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin madshinalar soni, ularning unumdorligi, quw ati, ishlab chiqarish maydonining o‘lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish quwatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida uskunalar inventarizatsiya qilinadi va ularni hisobdan chiqarish, hisobga kiritish amalga oshiriladi, Asosiy fondlarni pul (qiymat) shaklida baholash asosiy fondlarning takror ishlab chiqarishini rejalashtirish eskirish me’yorini va amortizatsiya ajratmalari miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun zarur hisoblanadi. Asosiy fondlarni baholashning boshlang‘ich, qayta tiklanish va qoldiq qiymat ko‘rilishlari foydalaniladi. yilda 19218,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Download 50.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling