Fondlar va uning trurlari. Firmaning harajatlari. Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari
Download 50.45 Kb.
|
mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻrtacha xarajatlar
- Iqtisodiy yoki sof foyda
Ichki xarajatlar — korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan qilingan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar — tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar. Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga taʼsir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar. Oʻzgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining oʻzgarish taʼsir etadigan xarajatlar. Oʻrtacha xarajatlar — mahsulot birligiga toʻgʻri keladi xarajatlar. Qoʻshimcha xarajatlar — mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar. Toʻgʻri xarajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib uning tarkibiga kiradigan xarajatlar. Egri xarajat — mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narhda aks etadigan xarajatlar. Iqtisodiy yoki sof foyda — yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi. Foyda massasi — foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boʻlgan nisbatining foizdagi ifodasi. Milliy Iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baxolarda sotishga, balki maxsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi.birliklari (korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi.Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.Korxonalar, shuningdek mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya'ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi: Tashqi xarajatlarga tashqi to‘lovlar, tashqi mol etkazib beruvchilarga (xom -ashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to‘lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi.Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi:a) tadbirkorning o‘ziga tegishli resurslarga bo‘lgan xarajati; b) tadbirkorlik qobiliyatiga to‘g‘ri keladigan va tadbirkorga tegishli bo‘lgan normal foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki xarajatlarni ayirib tashlasak iqtisodiy foydani olamiz.Tashqi va ichki xarajatlarning yig‘indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Download 50.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling