Fondlar va uning trurlari. Firmaning harajatlari. Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari


Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari


Download 50.45 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi50.45 Kb.
#1359023
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu2

Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari.

Doimiy xarajatlar - uning hajmidan qat'i nazar, bu kompaniyaning narxi ishlab chiqarish faoliyati.Bularga quyidagilar kiradi: Xonalarni ijaraga berish, uskunalar xarajatlari, amortizatsiya, mulk solig'i, ssudalar, menejment va ma'muriy apparatni to'lash.
Oʻzgaruvchi xarajatlar (ingliz til. Variable cost VC) ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga taʼsir qiladi va ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishiga bogʻliqlikda oʻzgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgʻi-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. VC=TC-FC
Bu yerda VC -oʻzgaruvchi xarajatTC -umumiy xarajatFC — o'zgarmas xarajat
Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida taxlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻzgartirshl uchun qisqa muddatli davrda faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin. Boshqacha aytilganda qiska muddatli davr oraligʻida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi esa koʻp yoki kam miqdorda jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslarni qoʻllash yoʻli bilan oʻzgarshii mumkin. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan esa koʻp yoki kam darajada intensiv foydalanish mumkin. Uzoq muddatli davr bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham oʻz ichiga olgan, butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi mumkin. Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat turlari oʻzgaradi va oʻzgaruvchi miqdorlar boʻlib qoladi.



    1. Download 50.45 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling