Fonetik hodisalar


Tovushning o‘zgarsh darajasiga ko‘ra dissimilyatsiya yana ikki turga bo‘linadi


Download 115.43 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi115.43 Kb.
#1273547
1   2   3   4
Bog'liq
Fonetik hodisalar

Tovushning o‘zgarsh darajasiga ko‘ra dissimilyatsiya yana ikki turga bo‘linadi,
  • to‘liq dissimilyatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi, kissa>kista (ss>st) kabi.
  • to‘liqsiz dissimilyatsiya (qisman dissimilyatsiya). Bunda tovushning artikulyatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o‘zgaradi. Masalan, uchta>ushta (ch>sh) kabi, «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo «t»ning ta`sirida «ch» sirg‘aluvchi «sh» ga o‘tgan. Tovushlar o‘rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilyatsiya ikki xil bo‘ladi, a) kontakt dissimilyatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o‘zgaradi, kissa>kista kabi. b) distant dissimilyatsiya. Bunda dissimilyatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo‘ladi. Masalan, birorta>bironta kabi.

4.Nazalizatsiya - so‘z tarkibidagi burun sonantlari ta`sirida shu sonantlar yonida qo‘llangan unlining rezonator ton bilan aytilishi, non, nok, men, meng kabi. Bunday hollarda ham fonemaning kombinator ottenkasi (unlining ko‘rinishi) paydo bo‘ladi.
II.Pozitsion omillar ta`sirida sodir bo‘ladigan hodisalar.
Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega:
  • Urg‘uga nisbatan urg‘uli va urg‘usiz unlilar farqlanadi;
  • bo‘g‘in va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘g‘inlar farqlanadi;
  • so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqlanadi.

1.Reduksiya - unli fonemaning urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi, bilan, biroq kabi. Bunda «i» unlisining kuchsizlangan, qisqa (bilinar-bilinmas) talaffuz etiladigan pozitsion ottenkasi yuzaga keladi.
2.So‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda tor unlilarning bir oz kengayishi, bordi>borde kabi. Bunda ham tor «i» unlisining bir oz kengaygan pozitsion ottenkasi yuzaga keladi.
3.Jarangli «b» va «d» undoshlarining so‘z oxirida jarangsizlanishi, maktab>maktap (b>p), savod>savot (d>t) kabi. Bunday holat jarangli j,j,z undoshlarida ham uchraydi, massaj>massash (j>sh), dilxiroj>dilxiroch (j>ch), sakkiz>sakkis (z>s) kabi. Yuqoridagi barcha holatlarda b,d,j,j,z fonemalarining jarangsizlashgan pozitsion ottenkalari qo‘llangan. O‘zbek tilida ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda portlovchi, jarangsiz «q» ning so‘z oxirida sirg‘aluvchi, jarangli «g‘» tarzida talaffuz qilinish hollari ham uchraydi, baliq>balig‘, o‘rtoq>o‘rtog‘, taroq>tarog‘ kabi.

Download 115.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling