Fonetik hodisalarning tildagi ahamiyati va turlari
Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
43-46
- Bu sahifa navigatsiya:
- Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426
Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426
www.re-search.uz | 45 1. Reduksiya – unli fonemaning urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi; 2. So‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda tor unlilarning biroz kengayishi; 3. Jarangli “b” va “d” undoshlarining so‘z oxirida jarangsizlanishi: maktab-maktap(b- p), savod-savot (d-t). Yuqoridagi holatlarda b,d fonemalaring jarangsizlangan pozitsion ottenkalari qo‘llangan. Turkiy so‘zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashishini quyidagi fonetik hodisalarda ko‘rib o‘tamiz: 1. Proteza – so‘z boshida tovush orttirilishi hodisasi: rus-o‘ris, ro‘za-o‘raza kabi. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda sonor “r” tovushi so‘z boshida qo‘llanmagan. 2. Epenteza – so‘z o‘rtasida tovush orttirilishi. Bu hodisa ham asosan, boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar tarkibida yuz beradi. So‘z yoki bo‘g‘in boshida qatorlashib kelgan ikki undosh orasida bir unli orttiriladi: plan-pilon. Ma’lumki, turkiy so‘zlar tarkibida ikki unli ham yonma-yon qo‘llanmaydi. Bu hol Said, oila, soat kabi arabcha o‘zlashmalarning jonli tilda Sayid, oyila, sog‘at deb talaffuz qilinishiga sabab bo‘ladi. 3. Epiteza(austeza) – so‘z oxirida tovush orttirilishi. Bu hodisa ko‘roq so‘z oxirida qatorlashib kelgan sk, nk undoshlaridan so‘ng yuz beradi:otpusk-otpuska, kiosk-kioska. Bunda ham pozitsion-sintagmatik omil ko‘proq darajada asos bo‘lgan. Fonetik hodisalarning boshqa turlari: 1. Prokopa, ankopa – so‘z boshidagi tovushning tushib qolishi: yilon-ilon, yigna-igna. 2. Sinkopa – so‘z o‘rtasidagi tuvushni tushib qolishi. Bunda affiks morfema qo‘shilganda, urg‘u oxirgi bo‘g‘inga ko‘chib, o‘zakdagi unli tushib qoladi: burun-burnim (bu hodisa yozuvda aks etadi). 3. Ankopa – so‘z oxiridagi tovushning yoki qo‘shma so‘z komponentining tushurib qoldirilishi: baland- balan, g‘isht-g‘ish kabi. Qo‘shma so‘zlarda asosan ruscha leksik o‘zlashmalarda uchraydi: metropoliten-metro 4. Elliziya – unli tovush bilan tugagan so‘zga unli bilan boshlangan so‘zning qo‘shilishi natijasida bir unli tushishi: dili orom-dilorom. Bu hodisa unlilar singishuvining bir ko‘rinishidir. 5. Afferezis – oldingi so‘zning so‘ngi tovushi ta’sirida keyingi so‘z boshidagi tovushning tushishi: ne uchun –nechun, mulla aka-mullaka 6. Gaplologiya – yasama so‘z tarkibidagi birin-ketin kelgan ikkita bir xil bo‘g‘indan birining tushib qolishi: tragikokomediya-tragikomediya bu so‘zning tarkibida ikkita bir xil bo‘g‘in birin-ketin kelganidan talaffuzda ulardan biri tushurib qoldirilgan va so‘zning ana shu ixchamlashtirilgan shakli adabiy til uchun me’yor bo‘lib qolgan. 7. Metateza – bu hodisa ko‘proq jonli so‘zlashuvga ,ayniqsa, shevalarga xos bo‘lib, adabiy tilda kam uchraydi: tuproq-turpoq(Toshkent shevasida), daryo-dayro(qipchoq lahjasi shevalarida). 8. Germinatsiya – ikkita bir xil undoshning so‘z tarkibida qavatlanishi: maza(bitta “z” bunda uslubiy bo‘yoq yo‘q), mazza(ikkita “z” bu shaklda ma’no kuchaytirilgan). 9. Sinerezis – so‘z tarkibida yondosh qo‘llangan ikki unlining diftonglashuvi – bir cho‘ziq unli holiga kelishi: mutolaa-mutola, saodat-so:dat. Xulosa. Fonetikaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash(kombinator-pozitsion) va Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426 www.re-search.uz | 46 boshqa omillarning ishtroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan.Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. T.: 2016. 2. Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M. , Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. ,Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. T.: 2010. 3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. Talqin nashriyoti, T.: 2005. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling