Fonetika 10 (fonetik hodisalar)
1. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra
quyidagi so'zlarning qaysi biri xato yozilgan?
A) parvoyim B) obro'yim C) avzoyim D) orzuyim
2. Berilgan qaysi gap tarkibidagi so'zda fonetik
jihatdan til oldi, sirg'aluvchi, jarangli birgina
tovushdan tashkil topgan qo'shimcha mavjud?
A) Birdan osmon guldurab, sharros yomg'ir quydi-yu,
tinchidi.
B) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan
Mahmudning mudroq ko'zlari katta ochildi.
C) Aqlli o'zini ayblar, aqlsiz — do'stini.
D) Ishlar shuncha ko'payib ketdiki, bosh qashishga
vaqt yo'q.
3. 1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq;
5) egmoq.
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi
yasalganda ularning qaysi biri fonetik qoida
(yozuv) asosida yoziladi?
A) 2, 4
B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4
D) 2 , 3 , 4 , 5
4. eg(qayir), ek (ko'chat ek) so'zlariga -gan
qo'shimchasi qay tarzda qo'shiladi?
A) eggan, ekgan
B) ekkan, ekkan shaklda qo'shilib, shakldosh so'zlar
hosil bo'ladi.
C) eggan,
ekkan
D) egkan, ekkan
5. Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa
kuzatiladi?
A) qiynaldi, sanadi
B) ma’naviy, o‘ksigan
C) yumshoq, foydali
D) o‘ynovchilardan, bog‘ga
6. Sonorlar (ovozdorlar) berilgan qatorni toping.
A) b, p, v, f, m
B) m, n, l, r, y
C) l, m, n, r, ng
D) f, m, n, r, y
7.
Ona - u, bag‘rida millat beshigi,
Qalbida yopilmas qadr eshigi,
Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i,
Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir.
(Mahmud Toir)
Ushbu she’riy parchada qanday fonetik
o‘zgarishlar uchraydi?
A) tovush
almashishi, tovush orttirilishi, tovush
tushishi
B) tovush almashishi, tovush ortishi
C) tovush almashishi, tovush tushishi
8. Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z
qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi.
B) Bir nafasda olamni kezar.
C) Tilsiz aql o‘rgatar.
D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi.
9. Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan
javobni belgilang.
A) Istiqlol
B)
istara
C) Estrada
D) ishtirok
10. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz
pasaydi.
Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y
bergan?
A) tovush tushishi va almashishi
B) tovush orttirilishi va tushishi
C) tovush almashishi va orttirilishi
D)
tovush almashishi
11. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar
qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq
o‘rindiqqa o‘tqazdi.
1)
tovush tushishi; 2) tovush almashishi;
3) tovush ortishi
A) 2, 3
B) 1, 2
C) 1, 2, 3
D) 1, 3
12. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi
hodisalarning ijtimoiy va madaniy
ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi.
Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan
nechta yopiq bo‘g‘in bor?
A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta
13. Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi.
Ushbu gapda fonetik hodisalarning qanday turi
mavjud?
A) tovush tushishi
B) tovush ortishi
C) tovush almashishi
D) tovush tushishi va almashishi
14. Do‘stning senga qanchalik muhabbati
borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng
yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda
hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin
ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga
ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak.
Ushbu matnda fonetik o‘zgarishlarning qaysi turi
kuzatiladi?
A) tovush
tushishi, tovush ortishi
B)
tovush ortishi, tovush almashishi
C) tovush tushishi, tovush almashishi
D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush