Fonetika bo’yicha maxsus test 1


Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini qaysi olim farqlagan?


Download 26.97 Kb.
bet5/12
Sana18.09.2023
Hajmi26.97 Kb.
#1680568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika maxsus(1)

50 Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini qaysi olim farqlagan?
A) P.Pavlov B) F. de Sossyur C) Komatsu D) Radlov
51 Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi. B) Bir nafasda olamni kezar. C) Tilsiz aql o‘rgatar. D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi.
52 Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan javobni belgilang. A) Istiqlol B) istara C) estrada D) ishtirok
53 Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping. A) Maktabda "O‘tkir zehnlilar" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi. C) Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi.
54 Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladi? A) shariat, toifa, Noila B) iftixor, itoat, faxr C) faxr, hukm, fazo D) iftixor, fazo, toifa
55 Qaysi gapdagi so‘zda tovush almashinish hodisasi yuz bergan? A) Bu orada qiziq ishlar bo‘lib o‘tdi. B) Qumloqda saksovul, ildizlari chuqurlab ketgan edi. C) Dushmanni tag-tugi bilan yo‘qotib yubordi. D) Son-sanoqni bildiruvchi so‘zlar sanoq sonlar deyiladi.
56 Faqat lab undosharidan tashkil topgan ochiq bo‘g‘inli so‘zlarni belgilang. A) ma’no, mabodo, bobo B) vabo, vafo, ma’vo C) havo, bayot, badaviy D) popop, moviy, pafos
57 Sening tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. Berilgan gapdagi tovush tushish hodisasi to‘g‘ri izohlangan javobni toping. A) 2 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida, 1 o‘rinda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida B) 1 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida, 2 o‘rinda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida C) 1 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida, 1 o‘rinda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida D) 2 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. qo‘shilishi natijasida, 1 o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida
58 Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do‘stginam, bahor". (A.Oripov) Ushbu parchada burun tovushi bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar sonini aniqlang. A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
59 Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do‘stginam, bahor". (A.Oripov) Ushbu parchada lab undoshlari bilan boshlanuvchi ochiq bo‘g‘inlar sonini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
60 Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad -milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar qaysi turkumga tegishli? A) ot, olmosh, fe’l B) ot, olmosh C) olmosh, fe’l D) ot, fe’l
61 Quyidagi qaysi so‘zlarda urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadi? 1) olma (meva), bo‘lma (joy oti); 2) to‘qima, ulama (harakat); 3) yigitcha, paxtaday (ravish); 4) yangi, hozir (ravish) A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
62 Urg‘uning o‘rni o‘zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan so‘zlarni aniqlang. 1) so‘zlar; 2) tonna; 3) surma; 4) atlas; 5) doim; 6) mexanik; 7) fizik; 8) olma A) 1, 3, 6, 7 B) 1, 3, 4, 6, 7, 8 C) 1, 2, 6, 7, 8 D) 3, 4, 6, 7, 8

63 Qaysi qatorda yonma-yon kelgan undoshlar orasida bir unli orttirilsa, yangi so‘z hosil bo‘ladi? 1) aql; 2) asl; 3) ahl; 4) qahr; 5) asr; 6) qurt A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6
64 Oktava - insonning hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishi. Bu intilish kuch-qudratingizni, buyukligingizni, yoshligingiz va salomatligingizni qanday timsolda ko‘rsangiz o‘shanday bo‘lishga intilishdir. Ushbu gapda nechta so‘z fonetik o‘zgarish bo‘yicha yozilgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4

Download 26.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling