Fonetika bo’yicha maxsus test 1


Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. A) filologiya B) qarindosh-urug‘ C) tortiq D) baland


Download 26.97 Kb.
bet7/12
Sana18.09.2023
Hajmi26.97 Kb.
#1680568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika maxsus(1)

76 Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. A) filologiya B) qarindosh-urug‘ C) tortiq D) baland
77 Qaysi gapda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida jarangsiz tovush jarangliga aylangan? A) Ro‘parasida tiniq suvday zilol ko‘zguni ko‘rdiki, uning go‘zalligidan to‘xtab qoldi. B) Ko‘chatni ekkani kelishibdi, ammo yomg‘irda qolishdi. C) Bir yoshroq va qoraroq bola eshikni taqillatdi. D) Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi.
78 Axloqiy fazilatlaring, yuqori estetik diding bilan uyg‘unlashgandagina husningga husn qo‘shiladi. Ushbu gapda chuqur til orqa undoshlari soni nechta? A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta
79 Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
80 Undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra til, lab va bo‘g‘iz undoshiga bo‘linadi? A) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra D) un paychalarining ishtirokiga ko‘ra
82 Qaysi so‘zlarda n va g alohida tovush hisoblanadi? 1) onangga; 2) shudring; 3) menga; 4) tutunga; 5) ko‘ngil A) 1, 2, 5 B) 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 3, 4
83 muruvvat so‘zidagi qo‘sh undosh haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi B) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangli C) til undoshi, portlovchi, jarangsiz D) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz
84 Qaysi qatordagi gapda imlo xatoga yo‘l qo‘yilgan? A) Bog‘ingni zog‘dan saqlamoqchi bo‘lsang unga e’tiborda bo‘l. B) Ulug‘vor maqsad oldida turganingda, mehnatni rohat bil. C) Kimki tashlandiq yerni obod qilsa, bu yer o‘shaniki bo‘ladi. D) Suv ichadigan qudiqqa hech qachon tosh otma
85 Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda fonetik o‘zgarishlarning qaysi turi kuzatiladi? A) tovush tushishi, tovush ortishi B) tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi
86 Sovuqni sovuq saqlar, Issiqni issiq. (Termos) Ushbu topishmoqda qanday fonetik o‘zgarish yuz bergan? A) tovush tushishi, tovush ortishi B) tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashishi

Download 26.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling