Fonetika Fonetika bo’limida nutq tovushlari, bo’g’in, urg’u, ohang o’rganiladi


Download 261.26 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi261.26 Kb.
#1134630
Bog'liq
Fonetika Bo\'g\'in

Fonetika

Fonetika bo’limida nutq tovushlari, bo’g’in, urg’u, ohang o’rganiladi.

Tovush o’g’zaki nutq asosida yuzaga chiqadi Harf - tovushning yozuvdagi ifodasi


Tovush dj
Harf j
Jirafa, garaj, jurnal,
Jo’ja, janjal
Tovush
Unli tovushlar
Undosh tovushlar
O’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrash yoki uchramasligiga ko’ra
Bo’g’in hosil qilish yoki qilmasligiga ko’ra
Urg’u olish yoki olmasligiga ko’ra

O’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shligida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishidan unli tovushlar hosil bo’ladi. Tilimizda unli tovushlar 6 ta: i e a u o’ o

O’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shligida to’siqlarga uchrab chiqishidan undosh tovushlar hosil bo’ladi. Tilimizda 24 ta undosh tovush mavjud. Ular yozuvda 23 ta harf bilan ifodalanadi.


Hosil bo’lish o’rniga ko’ra
Lab undoshlari
Lab-lab: b p m
Lab-tish: v f
Til undoshlari
Til oldi: t z d j r s n ch l sh dj
Til o’rta: y
Til orqa: g k ng
Chuqur til orqa: q g’ x
Bo’g’iz undoshi
h
Hosil bo’lish usuliga ko’ra
Sirg’aluvchi:
sh h v f s z dj r l g’ y x
Portlovchi:
j m n ng q p ch d g k t b
Qo’sh undosh ikkita bir xil undosh yonma-yon kelishi
Tilla, sodda, muallim, ssenariy, gramm
Qator undosh ikkita har xil undoshning yonma-yon kelishi
Do’st, traktor, monografiya

Paxta, nimcha, davron bu so’zlar qator undosh emas, chunki bir bo’g’inda joylashmagan Qator undoshli so’zga qo’shimcha qo’shilishi natijasida tovushlar boshqa-boshqa bo’g’inga o’tib qolsa ham qator undoshlik xususiyatini saqlaydi. Masalan: do’s-tim, ko’r-ki, aq-limiz

Bo’g’in

  • Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi.
  • Har bir bo’g’inda bitta unli bo’ladi.
  • Unlilar soni nechta bo’lsa, bo’g’inlar soni ham shuncha bo’ladi.
  • O’-qi-tuv-chi-la-ri-miz
  • Sa-o-dat
  • O-na, o-ta

Bo-la
Mo-no-gra-fi-ya
Ba-li-g’i
Da-la
Ochiq bo’g’in
Tup-roq
To’q-son
Mak-tab
Daf-tar
Yopiq bo’g’in

Bo’g’in ajratish: tup-ro-g’im Bo’g’in ko’chirish (faqat yozish uchun): tup-rog’im yoki tupro-g’im ona – bo’g’in ko’chirish o-na – bo’g’in ajratish

O’zlashma so’zlarda ikki undosh yonma-yon kelsa, ikkisi ham keying bo’g’inga ko’chiriladi: mo-no-gra-fi-ya, dia-gram-ma

  • O’zlashma so’zlarda ikki undosh yonma-yon kelsa, ikkisi ham keying bo’g’inga ko’chiriladi: mo-no-gra-fi-ya, dia-gram-ma
  • O’zlashma so’zlarda uch undosh yonma-yon kelsa, birinchisi oldingi bo’g’inda, qolgan ikkisi keyingi bo’g’inga ko’chiriladi: si-lin-drik, in-gliz, kon-gress
  • Quyidagi so’zlarda ng harfiy birikmasi ishlatilgan: tangri, ming, yengil, singil, ko’ngil, dengiz, tarang, during, tong, singgan, dangasa, ingichka, tanglay
  • Rus tili va u orqali kirib kelgan so’zlarda ng mavjud emas: in-gliz, kon-gress…
  • Ng ikki unli o’rtasida kelsa, keyingi bo’g’inga ko’chiriladi: ko’-ngil, si-ngil, de-ngiz, da-nga-sa

Download 261.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling