Fonetika “Ilm – qaytarish va takrorlash mevasidir”


Eslatma! O’zbek tilida ba’zi qo’shimcha va yuklamalar urg’u olmaydi. Ular


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana28.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1020485
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
Fonetika qo‘llanma

Eslatma! O’zbek tilida ba’zi qo’shimcha va yuklamalar urg’u olmaydi. Ular 
quyidagilar: 
1) –man, -san, -miz, -siz, -di, –dir kesimlik qo‟shimchalari qo‟shimchalari urg‟u olmaydi.  
M: Boraman, o‘qiyapman, bolaman, yaxshisiz.
Eslatma! 
–siz sifat yasovchi bo‟lganda urg‟u oladi: tuzsiz ovqat, suvsiz olma.
2) –ma fe‟lning bo‟lishsiz shakli: bormadi, kelma. -ma so‟z yasovchi bo‟lganda urg‟u 
oladi: yasama(sifat), damlama(ot.) 
Eslatma! Qo‟llanma, qurilma, qazilma, qurama kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini (-ma) 
doim urg‘uli bo‘ladi. Chunki bu so‘zlarning fe‘l shkli yo‘q. 
3) –mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -ku, -da, -oq, -yoq, -gina, -kina, -qina, -ov, -yov, -dir.
Sen-a?, bolamgina, kelgandir… 


12 
Eslatma! gina otga xos erkalash qo‟shimchasi bo‘lsa urg‘u oladi, yuklama bo‘lsa 
urg‘u olmaydi. –gina egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalaridan 
o
ldin kelsa 
o
tga xos 
erkalash, 
k
eyin kelsa yu
k
lama.
bolaginam – erkalash, Bolamgina – yuklama,  
4) –cha, -dek, -day ravish yasovchi qo‟shimchalar. Masalan, yangicha, eskicha; cha 
kichraytish qo‘shimchasi bo‘lsa urg‘u oladi. Qizcha yig‘ladi.
5) ta, -tacha, -larcha son shakllari urg‟u olmaydi. O‘nta, yuztacha, minglarcha 
6) Bilan, uchun, sari, sayin, qadar, uzra, kabi, singari, tufayli, haqida, birga, holda… 
kabi sof ko‟makchilar urg‟u olmaydi. Bunda urg‟u ko‟makchidan oldinggi so‟zning 
oxirgi bo‟g‟iniga tushadi. M: osmon uzra birligida osmon so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga 
tushadi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling