Nutq apparati 3 qismdan iborat : - Ovoz paychalaridan pastki qism. Bu qismga o`pka, nafas olish yo`llari ,
- kekirdak va diafragma (ko`krak qafasi bilan qorin bo`shlig`i o`rtasidagi parda) kiradi. Bu a’zolar havo manbai bo`lib, o`pkadan chiqqan havo tovush paychalarining yordami bilan ovoz hosil qiladi .
- 2. Bo`g`iz. Halqasimon va qalqonsimon tog`aylar bo`g`izda joylashgan. Bu ikki tog`ay o`rtasida ovoz paychalari o`rnashgan. Bo`yin chetlarida tovush paychalari bir-biriga to`la yoki deyarli to`la jipslashib turadi. Ovoz paychalarining ishtirokisiz ovoz chiqarish mumkin emas.
- 3. Ovoz paychalaridan yuqori qism. Bu qismga bo`g`iz qopqog`i , og`iz bo`shlig`i , burun bo`shlig`i , qattiq va yumshoq tanglay , til , kichik til , ustki va pastki tishlar , ustki va pastki lablar kiradi . Bular orasida eng harakatchan a’zo tildir. Til harakati orqali til oldi , til o`rta , til orqa , chuqur til orqa tovushlari (unli va undoshlar ) hosil qilinadi. Lab ham ancha faol nutq a’zosi bo‘lib , b , p , m, v , f ,o ,o`, u kabi tovushlar hosil qilishda ishtirok etadi . Kichik til qattiq tebranib , xitoy va fransuz tillariga xos bo‘lgan tovushlarni hosil qiladi. Bo`g`iz qopqog`i ham ayrim tillarda tovush hosil qiluvchi a’zo sanalib, arab tilida ﻉ (ayn) tovushini hosil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |