Фонетика ва графика асосларини ўрганишда педагогик технологияларни қЎллаш
OT SO’Z TURKUMINI O’RGANISHDA QO’LLANILADIGAN MUSTAQIL ISHLARNI ISHLAB CHIQISH
Download 314 Kb.
|
она тили китобча
OT SO’Z TURKUMINI O’RGANISHDA QO’LLANILADIGAN MUSTAQIL ISHLARNI ISHLAB CHIQISH
Otli, fe`lli va ravishli birikmalar ustida ishlash. Ma`lumki, so’z birikmalari bosh so’zning qanday so’z turkumidan ifodalanganligiga qarab, olti birikmalarga ajratiladi. Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh yoki harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma, fe`l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, ravishli birikma sanaladi. O’quvchilar nutqini bunday birikmalar bilan boyitishda, xususan, berilgan bosh so’zga muvofiq keladigan tobe so’zlar tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan: Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar gazeta va jurnallardan, badiiy asarlardan shunday birikmalarni tanlashlari, ularni ma`nodosh va uyadoshlari bilan almashtirishlari, shu so’z birikmalarini qatnashtirib, gap va matnlar tuzishlari mumkin.
O’quvchilar tilga olingan bu ma`no guruhlari bilan tanishtirilar ekan, asosiy e`tabor ularning so’z boyligini oshirish, har bir ma`no guruhiga mansub so’zlardan nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Masalan, “ Ot” so’z turkumidan “Shaxsni ifodalovchi otlar” mavzuini o’rganishda: - matndagi shaxs otlarini ajratish hamda ularni tub va yasama otlarga guruhlash; - ajratilgan so’zlarga ma`nodosh va uyadosh so’zlar tanlab, guruhlarini kengaytirish; - yasama shaxs otlarini o’zak va qo’shimcha kabi qismlarga ajratish hamda ularning qaysi turkumga mansubligini aniqlash;
Download 314 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling