Fonologik nazariyalar
Download 36.32 Kb.
|
1 2
Bog'liqFonologik nazariyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonologik nazariyalar va fonologik tasnif metodlari.
Fonologik nazariyalar R e j a:
2.Fonologik nazariyalar va fonologik tasnif metodlari. 3.Fonologik oppozitsiyalarning tasnifi. 4.Fonologiyada distributiv metodning qo‘llanilishi. 5.Fonotaktika. Fonologik nazariyalar va fonologik tasnif metodlari. Tilshunoslik tarixida ilk bor yaratilgan fonema nazariyasi Boduen de Kurtenega tegishlidir. Tilshunoslik tarixida birinchi marta fonemalarning psixologik va morfologik izohini berdi. Ushbu izohlar zaminida keyinchalik Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vujudga keldi. E. D. Polivanov dastlabki ishlarida til hodisalarini psixologik nuqtai nazardan o‘rganib, tilni ijtimoiy hodisa deb qaraydi. Lekin u fonologiyani psixofonetika deb nomlaydi. Fonemaning fakul’tativ variantlari va kombinator variantlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqladi, bir fonemaning ikki fonemaga parchalanishi (divergentsiya) va ikki fonemaning o‘zaro bir-biriga o‘xshab qolishi yoki bitta fonema bo‘lib ketishi (konvergentsiya) nazariyalarini ishlab chiqdi. U morfemani ikki turga - leksik (o‘zak) va formal (grammatik) turlarga ajratadi. L. V. SHcherba fonetika, fonologiya va fonema nazariyasi haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan. Fonema nazariyasi uning «Frantsuz tili fonetikasi» kitobida bayon etilgan. Uning fonema haqidagi kontseptsiyasi keyinchalik shogirdlari L. R. Zinder, M. I. Matusevich tomonidan davom ettirildi. Tilshunoslik tarixida tovush sistemasini o‘rganish ikki davr bilan xarakterlanadi: 1. «Fonema» tushunchasi paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan davr. 2. Fonologiya nazariyalarining yuzaga kelish davri. Bu davr X1X asrning 2 yarmidan boshlab XX asrgacha davom etadi. Bu davrda tovush, harf va fonema tushunchasi farq qilindi va keyincha bo‘ғin, urғu hamda intonatsiyaning tildagi funktsional tomonlari o‘rganila boshlandi. Fonologiya asoschilari:rus va polyak olimi I.A. Boduen de Kurtene, N.V.Krushevskiy, frantsuz P. Possi, ingliz G. Sunt, shveytsariyalik Ferdinand de Sossyur, rus P.K.Us. Nazariyalar: 1. I.A.Boduen de Kurtenening psixologik fonologiya nazariyasi. («Fonema» tovush tushunchasining kishi ongida his etilgan birligidir). 2. L. V. SHerba - fizik fonologik nazariya. (Nutq tovushlari fizik, mexanik hodisa hisoblanadi). 3.Leningrad va Moskva fonologiya maktablari nazariyalari. L.V.SHerbaning shogirdlari - ikki oqimda. Moskva - A.A.Reformatskiy, P. S. Kuznetsov, V. N. Sidorov va boshqalar. Leningrad - L. R. Zinder, M. I. Matusevich, A. N. Gvozdev, YU. S. Maslov va boshqalar. Moskva maktabi fonologiyaga ta`rif berishda morfema tushunchasiga, ya`ni tilning eng kichik ma`noli birligiga suyanadi. Bunda morfemalardagi tovush almashuvida ishtirok etuvchi tovushlar bir fonemaga birlashtiriladi. Masalan, voda, vodi, na vodu morfemalardagi o\a\` tovush almashuvi bir o fonemasining variantlari hisoblanadi. Leningrad fonologiya maktabi fonemaga ta`rif berishda so‘z formasi tushunchasidan kelib chiqib, yuqorida misoldagi o, a, ` tovushlarining har birini alohida fonemaning vakili sifatida qaraydi. «Fonema» termini va tushunchasini turkologiyaga birinchi marta 1920 yilda taniqli olim N.K.Dmitriev kiritgan bo‘lsa, uni o‘zbek tilshunosligida birinchi bor o‘sha yillirda professor E.D.Polivanov qo‘lladi. CHet ellarda fonologik nazariyalarning o‘rganilishi. 1. Praga lingvistik maktabi. 2. London fonologiya maktabi. 3. Distributiv fonologiya nazariyasi – AQSH. 4. Dikotalik fonologiya nazariyasi – AQSH. 5. Makro va mikrofonema nazariyasi - AQSH,1935. 6. Glossematik fonologiya nazariyasi - Daniya. 7. Ikki poғonali fonologiya nazariyasi. 8. Generativ fonologiya nazariyasi. Fonologiya davrida ular o‘rtasidagi farq oydinlashtirildi va tovushlar, keyinchalik bo‘ғin, urғu va intonatsiyaning tildagi funktsional tomonlari o‘rganila boshladi. XX asrning 30-yillarida morfonologiya vujudga keldi. Bular haqidagi fikr paydo bo‘ladi. Bu haqidagi fikrlar A.Nurmonovning «O‘zbek fonologiyasi va morfologiyasi» (Toshkent,1990), A.Abduazizovning «O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» (Toshkent, 1992) o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topgan. Download 36.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling