Forfeytning mohiyati va forfeyt bitimlarining tahlili. Veksel bo‘yicha asosiy qarz foizlarini hisoblashda kreditning qoldiq qarzining veksel summasini aniqlash. Sotuvchi pozisiyasini aniqlash
Birjadagi o’yinlar, “buqalar” va “ayiqlar”
Download 282 Kb.
|
5-ma`ruza
Birjadagi o’yinlar, “buqalar” va “ayiqlar”
Birjalarda oldi-sotdi qatnashchilari aksiya bahosining o’zgarishidan yutishga harakat qiladilar. Narx o’zgarishi, ya’ni oldi-sotdida aksiya narxi ko’tarilib tushib ketishi mumkin. Agar ba’zi bir turdagi aksiyalarga talab taklifdan oshib ketsa, u holda ancha arzon narxdagi qimmatli qog’ozlar chiqib ketadi. Lekin shunga qaramay qimmatli qog’ozlarning o’rtacha bahosi ko’tariladi. Bu holda ba’zi dillerlar narxni oshishiga ta’sir qilish uchun ataylab bir xil turdagi qimmatli qog’ozlarni sotib oladilar. Narx oshgandan so’ng ular qimmatli qog’ozlarni sotishga tushadilar va baho (narx) farqidan foyda oladilar. Bunday dillerlarni “buqalar” deyishadi. Buqalar ham o’z o’ljalarini shoxlari bilan yuqoriga ko’taradilar. Diller “buqalar” ham ular kabi harakat qilib, aksiya narxlarini ko’tarishga intiladilar. “Buqalar” esa hattoki o’z pullariga ham aksiya sotib oladilar, bu holda uning mo’ljali tushunarli, u “Buqa holatini oladi”. Boshqa dillerlar, aksincha, ma’lum turdagi aksiyalarni imkon qadar ko’p sotishga harakat qiladilar. Bu qimmatli qog’ozlarni savdoga qo’yib, yuqori narx belgilay olmaydilar, chunki ularni hech kim sotib olmaydi. Natijada bazorda na faqat ular balki boshqalar ham narxni tushirishlariga to’g’ri keladi. Natijada, dillerlar bu qimmatli qog’ozlarni ancha arzon narxda sotib oladilar. Bunday dillerlar “ayiqlar” deyiladi. Ayiqlar og’ir, zalvorli oyoqlari bilan harakat qilganday, “ayiqlar” o’z harakatlari bilan bosim o’tkazib, baholarni tushirib yuboradilar. “Ayiqlar” bahoni pasaytirish uchun, hattoki shu laxzaning o’zida sotuvda bo’lmagan tovarlarni ham sotib yuboradilar. Bunday operatsiyalar “qisqa sotuv” operatsiyalari deyiladi, bu holatda diller “ayiq holatini o’rnatadi”. Demak birja qatnashchilari o’yin strategiyasiga nisbatan ikkiga: “buqalar” va “ayiqlar” ga bo’linar ekan. “Buqalar” ham, “ayiqlar” ham o’z harakatlari bilan bozorni vasvasa (ajiataj) holatiga keltirish harakatida bo’ladilar va bu vasvasadan o’z maqsadlari uchun foydalanishga harakat qiladilar. Takrоrlash va nazоrat uchun savоllar: 1. Opsion deganda nimani tushunasiz? 2. Opsionning qanday turlarini bilasiz? 3. Opsionning muqobil narxi nima? 4. Nima uchun tasodifiy foiz stavkasi deyiladi? Download 282 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling