Formation of imaginations on the unique landscape of the universe in the preparation of future teachers of physics


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1030252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bo-lajak-fizika-o-qituvchilarini-tayyorlashda-olamning-fizik-manzarasi-bo-yicha-tasavvurlarni-shakllantirish

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Ma‘lumki, Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo‗limini o‗rganish 
umumiy fizikani o‗zlashtirishda o‗ziga xos yakunlovchi va umumlashtiruvchi 
bosqich hisoblanadi. Buning sababi bu bo‗limda umumiy fizika kursining barcha 
dastlabki bosqichlarida talabalar olgan bilimlar mikrodunyo qonuniyatlarini 
o‗rganishga asos bo‗lib xizmat qiladi. Mikroolam hodisalari makroolam 
hodisalaridan tubdan farq qilsada oddiylikdan murakkablikka o‗tish orqali talabalarda 
boshlang‗ich bilimlar asosida mikroolam haqidagi kvantmexanik tasavvurlar 
shakllanadi. Aynan Atom, yadro va elementar zarralar fizikasining umumlashtiruvchi 
funksiyasi ―Olamdagi barcha fizikaviy jarayonlarni tushuntiruvchi yagona nazariyani 
– Olamning yagona fizik manzarasini shakllantirish mumkinmi?‖- degan murakkab 
muammoni yuzaga chiqaradi. Umuman olganda, bu muammo ancha oddiyroq 
shaklda uzoq qadimda ham o‗rtaga tashlangan va ko‗plab mutafakkirlar uning 
yechimini turlicha talqin etganlar. Tarixiy ma‘lumotlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, 
uzoq davrlar davomida Olam paydo bo‗lishi va rivojlanishi bo‗yicha ta‘limotlar 
ichida diniy ta‘limotlar asosiy ta‘limot bo‗lib keldi. Fizika fanining taraqqiyot 
tarixiga nazar solsak, Olamning tuzilishi bo‗yicha diniy ta‘limotlardan tubdan farq 
qiluvchi ilmiy fizikaviy manzarasi shakllanish jarayonini shartli ravishda uch 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239 
Academic Research, Uzbekistan 232 www.ares.uz 
bosqichga ajratish mumkin [1]. Bu bosqichlar: 1. Aristotel; 2. Nyuton; 3. 
Eynshteynlar tomonidan amalga oshirilgan inqilobiy bosqichlar sifatida qaraladi. Bu 
bosqichlarning inqilobiy deyilishiga sabab ularning Olam tuzilishi haqidagi 
tasavvurlarni tubdan o‗zgartirganligidir. 
Olam tuzilishi haqidagi Aristotel falsafasining asosini – ―Inson va uni o‗rab turgan 
dunyo azaldan mavjud bo‗lgan va abadiy mavjud bo‗lib qoladi‖- degan g‗oya tashkil 
etadi. Aristotel sharqda birinchi muallim nomi bilan tanilgan bo‗lib, uning 
ta‘limotining buyuk xizmati tabiatshunoslik fanlarini din, metafizika (falsafa) va 
matematikadan alohida holda o‗rganishni joriy etganligidir. Aristotel ta‘limotida 
tabiatni o‗rganishda ilmiylik, mantiq va isbotlanganlik turadi. Sharqning buyuk 
mutaffakirlari Beruniy, Ibn Sino, Farobiy, Xorazmiylarning ilmiy asarlarini Aristotel 
ta‘limotining rivojlantirilishi asosida birinchi sharq renessansiga tamal toshini 
qo‗ygan ilmiy asarlar deyish mumkin. Tabiat hodisalari va ularning qonuniyatlari 
bo‗yicha tadqiqotlarning keyingi bosqichida Ptolomey, Kopernik, Galiley, Kepler 
kabi olimlarning hissasi katta bo‗lsada, asosiy ikkinchi inqilobiy kashfiyot Isaak 
Nyuton tomonidan amalga oshirildi. Nyuton birinchi bo‗lib massaga ega bo‗lgan 
barcha jismlar o‗zaro gravitatsion ta‘sirlashuv orqali tortishishini va uning 
qonuniyatlarini aniqladi. Nyutongacha bo‗lgan davrda Kepler va boshqalar bir 
tomondan sayyoralar orasida magnit ta‘sirlashuvlar mavjud deb hisoblasalar, ikkinchi 
tomondan fanning vazifasi ilohiy garmoniya qonuniyatlarini o‗rganishdan iborat va 
bu jarayonlarga aralashib bo‗lmaydi deb hisoblar edilar. Tortishuv kuchining asl 
sababi ma‘lum bo‗lmasada XIX asrda mexanika, termodinamika, materiyaning 
kinetik nazariyasini o‗z ichiga oluvchi dunyoning mexanik manzarasi hukmron edi. 
XIX asrning oxiriga kelib elektronning kashf etilishi, Maksvellning elektromagnit 
maydon nazariyasining yaratilishi Olamning elektromagnit maydon manzarasini – 
elektr va magnit maydonlarini umumlashtiruvchi nazariyani shakllantirdi [2]. 
XX asrning boshlarida Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasining yaratilishi 
bilan Olamning yagona fizik manzarasini nisbiylik nazariyasi, Maksvell nazariyasi va 
mexanikani o‗z ichiga oluvchi elektromagnit maydon nazariyasi tushuntira oladi 
degan fikrlar paydo bo‗ldi. Lekin tez orada bu fikr ham asossiz bo‗lib chiqdi [3]. 
Chunki elektromagnit maydonlarning uzluksizligiga asoslangan bu nazariya
kvantmexanik va kvantoptik hodisalarni tushuntira olmadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling