ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239
Academic Research, Uzbekistan 237 www.ares.uz
bosqich 1960-1970-yillarda Sh.Gleshou, S.Veynberg, A.Salamlar tomonidan
elektromagnit va kuchsiz ta‘sirlashuvlarni birlashtiruvchi
nazariya- elektrokuchsiz
ta‘sirlashuv nazariyasining yaratilishi bo‗ldi. Ushbu nazariya bo‗yicha elektrokuchsiz
ta‘sirlashuv oraliq (
) kalibrovka bozonlari orqali amalga oshishi kerak. Bu
bozonlarning eksperimentda kashf qilinishi nazariyaning to‗g‗ri ekanligining isboti
bo‗ldi. Elektrokuchsiz ta‘sirlashuvning kashf etilishi kuchli, kuchsiz va elektromagnit
ta‘sirlarni o‗z ichiga oluvchi yagona nazariya ―Buyuk birlashuv nazariyasi (BBN)‖
(GUT-Grand unification theory) yaratilishiga asos bo‗ldi. Bu nazariya dastlab
Standart model deb nomlandi va tabiatda bu umumlashgan ta‘sirning kalibrovka
bozonlari- Higgs bozonlari mavjud bo‗lishi kerakligi bashorat qilindi.
2013-yilda Katta adron kollayderi(LHC-Large Hadron Collayder)
da umumiy
energiyasi 7-8 TeV bo‗lgan qarama-qarshi yo‗nalishda harakatlanuvchi protonlar
dastasi bilan o‗tkazilgan eksperimentlarda elektrokuchsiz nazariyada bashorat
qilingan Higgs bozonlari kashf etildi [6]. Bu kashfiyot XXI asrning eng buyuk ilmiy
kashfiyoti sifatida tan olindi. Buning natijasida Standart model- Standart nazariyaga
aylandi, hamda Nyuton va Eynshteynning klassik gravitatsiya
nazariyasi bilan
birgalikda juda katta diapazonda:
li mikrodunyo va
li koinot
masshtabidagi hodisalarni tushuntira oldi. Bu nazariya yaratilishi natijasida cheksiz
kichik va cheksiz katta masshtablardagi fizika
bizning tabiat haqidagi
bilimlarimizning qarama-qarshi qutblari bo‗lmay qoldi. Bundan tashqari standart
nazariya Plank uzunligi (
o‗lchamidagi jarayonlarida ham ishlashi kerak.
Ayni shunday holatlarda barcha fundamental ta‘sirlashuvlarni o‗z ichiga olgan
yagona fizik nazariya yaratish imkoni tug‗ilishi kerak. Chunki aynan shu
masshtablarda gravitatsion kvant effektlari kuzatilishi kerak.
Hozircha bunday
nazariyaning yaratilishiga umumiy nisbiylik nazariyasi - gravitatsiya nazariyasining
kvantlanmasligi to‗sqinlik qilmoqda. Haqiqatdan ham umumiy nisbiylik nazariyasi-
kvant nazariyasi emas. Bu jihatdan olib qaraganda u Maksvellning klassik
elektrodinamikasiga o‗xshaydi. Shunday bo‗lsa xuddi elektromagnit maydon singari
gravitatsion maydon ham kvant qonunlariga bo‗ysunishi lozim deb qarash mumkin.
Aks
holda elektron, foton va boshqa zarrachalar uchun noaniqlik prinsipi
bajarilmaydi. Kvant nazariyasining gravitatsiyaga qo‗llanilishi gravitatsion to‗lqinlar
kvantlari- gravitonlar oqimidan iborat deb qarashga olib keladi. Gravitonning
tinchlikdagi massasi nolga teng bo‗lib, spini
ga teng bo‗lishi kerak.
Koinotdagi
ko‗pchilik biz kuzata oladigan jarayonlarda, laboratoriya sharoitida, kvant effektlar
kuchsiz va Eynshteynning nokvant nazariyasidan foydalanish mumkin.
Lekin kvant
effektlari fazo va vaqt egrilanishi kuchli bo‗lgan tortishuv maydonida, singulyarlikka