Foundation kursi: Prezentatsiya hisoboti isft instituti


Download 64.44 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi64.44 Kb.
#1512375
  1   2
Bog'liq
present perfect(


Foundation kursi: Prezentatsiya hisoboti


ISFT Instituti


22-FFH-03 Xalqaro Buxgalteriya va Moliya
Semestr 2/ May,2023


Prezentatsiya hisoboti


Guruh a’zolari:
Temirova Xayyriniso
Abdurazzakova Mohidil
Qurbomov Temur
Umaraliyev Ravshan
Foundation kursi
Fan o’qituvchisi: Hakimova Umida

Prezentatsiya hisobotiga qo’yiladigan talablar:

  1. Kirish qismi (maksimum 150 dona so’z):

  • Prezentatsiyada qaysi mavzuni muhokama qilganingizni yozing;

  • Assalom aleykum. Biz guruh azolarimiz bilan present perfect mavzusini tanlab oldik. Bu mavzuni guruhimizda bo'lganda shu mavzu tushdi. Biz mini Guruhimiz bilan ushbu mavzuni yoritib berishga harakat qilamiz.

  • Muayyan mavzuni nima uchun tanlaganligingizni asoslab bering;

  • Ushbu mavzuni tanlab olishimizga sabab o'quv fan rejamizda ushbu mavzu keltirilgan. Biz talabalar chuqurroq o'rganishiniz kerak bo'lganligi uchun ushbu mavzuni oldik

  • Mavzuga tayyorgarlik jarayonida foydalanilgan manbalarni eslatib o’ting;

  • Mavzuga twyyorlanishimiz uchun:

  • Intranet.isft.uz

  • Fayllar.org. Adabiyotlardan foydalandik

2. Vazifalar bo'limi (maksimum 500 dona so’z):

  • Guruh a'zolari o'rtasida mavzuni qanday taqsimlaganingiz haqida yozing;

  • Guruh a'zolarimiz bilan krlishgan holda taqsimladik

  • Kim qaysi qism uchun javobgar;

  • Temirova Xayriniso - Positive form(to'g'ri shakli)

  • Abdurazzakova Mohidil-- Negative form (Inkor shakli)

  • Qurbonov Temur -Question form (So'roq gap shakli)

  • Umaraliyev Ravshan--- past simple ga o'zgarishi(-ed) qo'shimchasini olishi

  • Har bir qism haqida qisqacha ma'lumot bering;

  • Present Perfect Simple - hozirgi tugallangan oddiy zamon - oʻtgan zamon va hozirgi zamon orasidagi bog'liqlikni koʻrsatish, oʻtgan zamonda sodir boʻlgan va natijasi hozirda ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

  • ▪️ Bu zamonning qolipi have/has yordamchi fe'llari + Past Participle (verb III) yoki -ed qoʻshimchasi qoʻshilgan asosiy fe'ldan yasaladi.

  • ▪️ Positive form:

  • 🔸I have eaten/ worked.

  • 🔸He/she/it has eaten/ worked.

  • 🔸We/you/they have eaten/worked.

  • ▪️ Negative form:

  • 🔸I have not eaten/ worked.

  • 🔸He/she/it has not eaten/ worked

  • 🔸We/you/they have not eaten/worked.

  • ▪️ Question form:

  • 🔸Have I eaten/ worked?

  • 🔸Has he/she/it eaten/ worked?

  • 🔸Have we/you/they eaten/worked?

  • Misollar:

  • 🔸Tom has bought a new car. Look, he is driving it to work. (Tom yangi mashina sotib olibdi. Qarang, u uni ishiga haydab ketmoqda)

  • 🔸I have never been to Bahamas. It is my lifelong dream. (Men Bagam orollarida bo'lmaganman. Bu mening bir umrlik orzuim.)

  • Present Perfect Simple tense qo'llanish holatlari

  • ▪️ Qoʻllanish holatlari:

  • 1️⃣ Yaqin oʻtmishda sodir boʻlgan va hozirga aloqador boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ahamiyatli jihati, bu yerda ish-harakat yoki voqeaning qachon boʻlib oʻtganligining ahamiyati yoʻq.

  • ▪️ Masalan, yangiliklar yoki xabarlarni yoritishda bu zamonning qoʻllanishiga e'tibor beramiz.

  • 🔸Have you heard the news? Tom and Jill have got married. (Yangilikni eshitdingizmi? Tom va Jil turmush qurishdi.)

  • 🔸A French yachtsman has broken the record for sailing round the world single-handed.

  • 🔸The film star Jim Cooper has died of cancer at the age of 56. (Film yulduzi Jim Kuper saraton kasalligidan 56 yoshida vafot etdi.)

  • 2️⃣ Oʻtgan zamonda sodir boʻlgan va natijasi hozirda ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun ham qoʻllaniladi.

  • 🔸My car is clean. I have just washed it. (Mashinam toza. Men uni hozirgina yuvdim.)

  • 🔸He cannot walk very fast. He has hurt his leg.

  • 💡Yuqoridagi qoidalarda qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz:

  • ▫️ already ▫️ recently ▫️ lately ▫️ just ▫️ yet ▫️ today ▫️ this week ▫️ this month ▫️ this year ▫️ in the last/in the past few days/weeks…

  • ▪️ already - allaqachon, just - hozirgina payt ravishlari gapda asosiy va yordamchi fe'l orasida qoʻllaniladi.

  • 🔸I have already done my homework.

  • 🔸He has just come.

  • ▪️ lately, recently, yet va yuqoridagi boshqa payt ravishlari odatda gap oxirida qoʻllaniladi.

  • 🔸Have you seen Tom recently?

  • 🔸Tom hasn't found a job yet.

  • Agar ish-harakat qachon sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsangiz, oʻtgan zamondagi fe'lni (past simple tense) qoʻllash kerak boʻladi.

  • 🔸He has been to England many times. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilmagan)

  • 🔸He went to England in 1996. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilgan)

  • ▪️ Bu zamon umrimizda yoki biror muddat ichida bir necha marta takrorlangan ish-harakatlar uchun ham ishlatiladi. Bunda once - bir marta, twice - ikki marta, three times - uch marta soʻzlari qoʻllaniladi.

  • 🔸I have been to England three times.


Download 64.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling