Foundation kursi: Video taqdimot hisoboti isft instituti
Download 88.88 Kb.
|
Hisobot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejer tushunchasi
ISFT Instituti 22-FFK-21- Xalqaro biznes boshqaruvi Sirtqi ta’lim yo‘nalishi Semestr 1 / Fevral, 2023 Мавзу: Menejerning ishi. Видео тақдимот ҳисоботи
Foundation kursi Fan o‘qituvchisi: Khalikov Ravshan Ushbu video taqtimotda Menejerni ishi. mavzusini muxokama qildik.Bu mavzuni tanlashimizdan maqsad o‘qiyotgan yo‘nalishimiz Xalqaro biznes boshqaruvi bo‘lganli sababli, korxonalar va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ishchilar kerak, hech bir korxona insonlarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi.ISFT instituti tomonidan taqdim etilgan o‘quv materiallari va internet saxifalarida berilgan ma’lumotlarga asoslangan holda video taqdimot tayyorlandi.Mavzuning kirish qismini Nishonov Sevichbek boshlab berdi, Menejerni ishi. mavzusining maqsadi va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi talabalarga teng taqsimlandi. (Sharipov I, Sharipov B, To’laganov B, Karimov B va Safarova I) Menejer tushunchasi Boshqarish fanida markazlashtirilgan holda yechiladigan, tashkilotning barcha a’zolari va tarkibiy qismlari uchun umumiy hisoblangan masalalar boshqarishning zaruriyligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham hozirga kelib “menejer” nomli mutaxassislik shakllanganki, yuqoridagi vazifalar bilan faqat (yoki asosan) rahbarlar (menejerlar) shug’ullanadilar. Menejer – tashkilotning azosi bo’lib, boshqaruv faoliyatiniamalga oshiradigan va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo’lgan xodimlar. Yuqori masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo’yilgan vazifa, mas’uliyat bo’yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo’yicha har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo’yicha taqsimlanadi. Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo’lgan malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer ma’lum kapital to’plab o’z ishini ochishi mumkin va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo’la olmasligini uzoq muddatli tajriba ko’rsatmokda. Chunki menejer bo’lish uchun faqat yoki bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo’lishi yetarli emas. Bunda ollohdan atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o’z so’zini o’tkaza biladigan, muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o’xshagan xislatlarga ega bo’lishi kerak. Download 88.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling