Xalqaro biznes boshqaruvi fan sillabusi
Download 144 Kb.
|
Xalqaro biznes boshqaruvi Sillabus Muxamedova M 3 КУРС oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN”
- Ta’lim sohasi: 310000 – Iqtisodiyot Ta’lim yo‘nalishi
- Toshkent – 2022 yil FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Fan kodi: INTBM6 Fan nomi: Xalqaro biznes boshqaruvi Semestr/Yil: 6-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili
- Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
XALQARO BIZNES BOSHQARUVI FAN SILLABUSI
Toshkent – 2022 yil FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Fan kodi: INTBM6 Fan nomi: Xalqaro biznes boshqaruvi Semestr/Yil: 6-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili Kafedra: “Biznes boshqaruvi va logistika” Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya va vaqti: Dars jadvaliga asosan Prerekvizitlar: Fan uchun mas’ul kafedra: « Biznes boshqaruvi va logistika» kafedrasi O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT O‘qituvchi: M.X. Muxamedova Kafedra joylashgan joyi: TDIU, 7-o‘quv binosi, 3/ 317-xona Telefon: 71-239-28-58 ish telefoni E-mail: Mohigul85@mail.ru Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib, uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin. I. Fan tavsifi Ushbu fan “Xalqaro biznes boshqaruvi” deb nomlanib, chet el firmalari, korxonalari, ishbilarmonlarining hamkorlik aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishishga imkon berishi tushuntiriladi, bu fan uchinchi kursning ikkinchi semestrida o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu fanning maqsadi talabalarga nafaqat yangi bilimlarni rivojlantirish, yangi malakalarni egallash, balki dunyoqarashni kengaytirish, fikrlash uslubini qayta qurish va yangi qadriyatlarni shakllantiradi. “Xalqaro biznes boshqaruvi” fani xalqaro biznes turlari, davlatning iqtisodiyotga ta’siri, xalqaro biznes ishtirokchilarining tashkiliy va ijtimoiy shakllari, tashqi savdo siyosati, eksport, import, jahon moliyaviy muhiti kabi tushunchalarni hamda xalqaro biznesning tuzilishi, uni boshqarish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish usullari va shakllari, transmilliy va ko’p milliy korporatsiyalar, xalqaro korporativ birlashmalarning mohiyati, ularning tashkiliy shakllari valyuta va xalqaro bozorlar nima ekanligini, jahon savdosining tuzilishini, xalqaro savdo nazariyasini, xalqaro operatsiyalarni o’rganadi. Fanning asosiy jihati - talabalarning xalqaro biznesda muvaffaqiyatga etishgan kompaniyalar va korporatsiyalar faoliyati bilan tanishib, qanday qilib jahon bozoriga chiqish yo’llarini o’rganib chiqish, mamlakat iqtisodiyotiga biznesning ijobiy ta’siri qay darajada ekanligini tahlil qilish usullari kabi jihatlar uchun muhimdir. Ushbu fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling