Xalqaro biznes boshqaruvi fan sillabusi
Download 144 Kb.
|
Xalqaro biznes boshqaruvi Sillabus Muxamedova M 3 КУРС oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Ta’lim berish natijalari
II. Fanning maqsadi
. - Globallashuv sharoitida xalqaro savdoning o’rni va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning asosiy tendentsiyalarini o’rganish; - Xalqaro biznesni bevosita boshqaradigan qonunlar va operatsiyalar haqida bilimga ega bo’lish; - Xalqaro biznesda axloq va ijtimoiy mas'uliyatning mohiyati va o’rnini o’rganish; - Offshor moliya markazlari faoliyatini yaqindan tanishib o’rganish; Xalqaro kompaniyalarda xodimlarning liderlik qobiliyati va xulq atvori qay darajada ekanligini tahlil qilish; - Xorijiy valyutaning iqtisodiy tahlili va valyuta bozorining tuzilishini o’rganish hamda valyuta bozori faoliyatida banklarning roli qay darajada ekanligini ko’rib chiqish; - Kompaniyalarning xalqaro hamkorligi va strategik alyanslar faoliyatining afzalliklari hamda yangi bozorlarga oson kirish imkoniyatlarini o’rganish; - Jahon bozorlari va yirik biznes faoliyati markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ularni tahlil qilish; - Iqtisodiy integratsiyaning xalqaro kompaniyalar faoliyatiga ta'sirini o’rganishdan iborat. III. Ta’lim berish natijalari Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: 1. Xalqaro biznes boshqaruvi fanining mohiyati va xususiyatlari, faoliyatini bilib oladi. 2. Xalqaro biznesda savdo va investitsiyalarni ko‘rib chiqqan holda, talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimga ega bo‘ladi. 3. Jahon bozorlari va biznes faoliyati markazlarini va Amerika Qo'shma Shtatlari, MDH davlatlari, Yaponiya, "To'rt yo'lbars", Xitoy davlatlari iqtisodiyoti va sanoatini korxonalarini o‘rganadi. 4. Xalqaro biznes boshqaruvining huquqiy, texnologik va siyosiy jihatlari haqida o’rganadi va bilimga ega bo’ladi. 5. Xalqaro biznesda axloq va ijtimoiy mas'uliyat mavzusida kompaniya xodimlariga munosabat, ularning qadriyatlarini hurmat qilishni o’rganadi va bilib oladi. 6. Xalqaro valyuta va moliya bozorlari operatsiyalarini hamda valyuta bilan bog’liq iboralarning mazmunini o’rganadi. 7.Xalqaro strategik menejmentda Xalqaro strategiyaning elementlari, kompaniyaning faoliyat sohasi va resurslardan foydalanishni tahlil qiladi va bilib oladi. 8. Xalqaro strategik alyanslar. Strategik alyanslarni tashkil etish va uning afzalliklarini o’rganadi va bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. 9. Xalqaro kompaniyalarda xodimlarning liderlik qobiliyati va xulq atvorida xodim o’zini qanday tutishi kerak va qanday qobiliyat va madaniyatga ega bo’lishi kerakligi haqida bilib oladi. 10. Xalqaro strategik menejmentda kopxonani va xodimlarni boshqarish haqida bilib oladi. 11. Xalqaro marketing, xalqaro marketing va biznes strategiyalari, Marketing – miks, brend. Public relations ( PR) ni o’rganib chiqish boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi. Download 144 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling