Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish


Moliyaviy natijalar va balans hisobotini o`zaro mutanosiblik bo`yicha tahlili


Download 146.16 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.16 Kb.
#1568074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

3. Moliyaviy natijalar va balans hisobotini o`zaro mutanosiblik bo`yicha tahlili
Moliyaviy hisobotlarning har biri bir-biri bilan izchil bo`glangandir, shunisi muhimki, bank molyaviy hisobotlarining faqat bittasi bo`yicha xulosa berish maqsadga muvofiq emas. Sababi, ushbu hisobotlaning izchilligini, bir-biriga o`zaro bog`liq ravishda tuzilganligini anglagan tahlilchi aynan bir bank faoliyatiga to`g`ri va izchil xulosa bera oladi. Shu o`rinda savol tug`iladi, balans hisoboti va moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni bir-biriga birlashtirib turuvchi qanday jihatlar mavjud?
Bunga aniqroq javob toppish uchun ushbu hisobotga alohida to`xtalib o`tish lozim.
Balan hisoboti o`z nomidan kelib chiqqan holda bevosita bank balansining umumiy holatini ko`rsatadi. Bilamizki, bizning tushunchamizda aktiv hamda passiv balansni tashkil etadi:
A=P=M+K
Yuqorida keltirilgan formula har bir iqtisodchi bilishi kerak bo`lgan oltin qoida desak ham bo`ladi. Bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo`lsak, tenglikning ikkinchi tomonida turgan, balansning bir qismi hisoblangan passiv o`z navbatida ikki qismdan tashkil topgan: majburiyat + kapital. Ya`ni bank passivi o`z mablag`lari manbalari va jalb qilingan mablag`lardan iborat. Buxgalteriya balansi to`g`risidagi hisobotda ham aktiv va passivlarning holati, ularni qay tarzda joylashishi, jalb qilingan mablag`larni mutanosib ravishda aktiv operatsiyalarga qanday yo`naltirilganligini, tarkibini o`zida mujassamlashtiradi.
Bilamizki aktivlar daromad keltirishiga qarab ikki guruhga ajratiladi:
-daromad keltiradigan aktivlar;
-daromad keltirmaydigan aktivlar
1-guruh aktivlariga:
-barcha berilgan kreditlar;
-investitsiyalar(o`ziniki);
-xazina veksellari
-davlat obligatsiyalari;
-qimmatli qog`ozlar kiradi.
2-guruh aktivlariga:
-pul aktivlari guruhu;
-asosiy vositalar;
-kapital xarajatlar
-barcha moddiy va nomoddiy aktivlar.
Aktivlarni shu guruhga ajratish orqali ham balans hisoboti va moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot orasidagi mutanosiblikni anglab olishimiz mumkin.
Masalan, daromad keltiruvchi aktivlar guruhiga e`tibor qaratsak, kreditlar bankning aktiv operatsiyasi hisoblanib, bank foiz ko`rinishida undan daromad oladi. Ajratilgan kredit miqdori bankning balans hisobotida aks ettiriladi. Ushbu kreditlardan ko`riladigan daromad bo`yicha qaraydigan bo`lsak, foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotda undan olgan daromadimiz aks etadi. Uuman aktivlardan ko`riladigan daromadlar foizli yoki foizsiz ko`rinishda bo`lishidan qat`iy nazar moliayaviy natijalar to`grisidagi hisobotda aks ettiriladi.
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotda xarajatlar keltirilishining sababi bankda qilingan har bir xarajat foyda olishga qaratilgan xarakterga egadir. Ularni foizli, foizsiz, operatsion kabi turlarga bo`linishidan asosiy maqsad, bank samaradorligiga yaxshi baho berish, aniqroq aytadigan bo`lsak, har bir foizli yoki foizsiz xarajatga to`g`ri kelayotgan sof foyda, bank kapitali kabi ko`rsatkichlarni to`g`ri hisoblash uchun va shu orqali qilinayotgan xarajatlarni yillar kesimida ortishi yoki kamayishiga to`g`ri baho berish imkonini yaratish uchundir.
Passivlar bo`yicha moliyaviy holat va natijalar to`g`risidagi hisobotni bog`liqligini ifodalaydigan bo`lsak, birgina depozitlar orqali ushbu mutanosiblikni ifodalashimiz mumkin, bilamizki, bank mijozlar mablag`idan foydalanganligi uchun ularga foiz hisobida pul to`laydi. Ushbu depozitlar majburiyat sifatida buxgalteriya balansi hisobotida aks etsa, ular bo`yicha qilingan barcha to`lovlar foyda va zararlar to`grisidagi hisobotning xarajatlar qismida yotadi.
Masalan, bank mijozga pul o`tkazmasini amalga oshirib bergani uchun komission haq oladi. Ushbu operatsiya aktiv operatsiya bo`lgani tufayli balans hisobotida aks etsa, olingan komission haq foizsiz daromadlar tarkibida yotadi.

Xulosa
Men ushbu kurs ishini yozish mobaynida moliyaviy hisobotlarning bank tizimidagi alohida o`rni ahamiyati va har birining muhimlik darajasi haqida yetarli bilimlarni o`zlashtirdim. Xususan, foyda va zararlar to`grisidagi hisobotni tahlil qilish mobaynida uning har bir elementini muhimlik darajasini, shakllanish tartibini va boshqa moliyaviy hisobotlar bilan o`zaro aloqadorligini olgan bilim va to`plagan materiallarim orqali yanada yaxshi tushunib yetdim
Bugungi kunda har bir foydalanuvchi uchun, investor, mijoz, yoki ichki foydalanuvchilar uchun ham moliayviy natijalar to`g`risidagi hisobot muhim ahamiyatga ega. Undan tashqari, tijorat banklarining asosiy maqsadi ham foyda olishga qaratilgan bo`lib, ushbu hisobotni shakllantirish orqali o`z faoliyatining qanchalik samarali olib borilayotganligiga har bir bank baho bera olishi mumkin. Yanayam soddaroq aytadigan bo`lsak bank daromadlari qay tarafdan shakllanayotganini, xarajatlarning qanchalik to`g`ri yo`naltirilayotganiga baho berish mumkin.
Shunga ko`ra, bank o`zining foiz siyosatini belgilab olishi mumkin. Ushbu hisobotlarning qanchalik shaffof, aniq va ishonchli bo`lishi har bir bankning istiqbolli faoliyati uchun muhimdir. Ayniqsa mamlakatimizda banklarni xususiylashtirish (sotish) strategiyasi belgilangan bir paytda, ularni ishonchli, barqaror investorlarni jalb qilish uchun ushbu hisobotlarni qo`shtirnoq ichida jozibali ko`rsatishdan ko`ra, bankning real holatini, moliyaviy natijasini ko`rsatish ahamiyatlidir. Yana shuni aytib o‘tish lozimki, bugungi kunda ilg`or xorijiy tajribalarga tayangan holda bank tizimida qilinayotgan islohotlar o‘zini to‘laqonli oqlashi uchun ushbu chora-tadbirlarni vaqtida, haqqona amalda qo‘llash zarur. Shunday ekan, mustaqil bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta`minlash va uni yanada rivojlantirish har birimizning ustuvor vazifamizdir. 2017-2021 yillarga mo`ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi farmoni ham bank tizimini barqarorlashtirishni ta`minlashda banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan
Bugungi kunda tijorat banklari faoliyatini xalqaro standartlar asosida tahlil qilish eng dolzarb masalardan biri. Tahlil jarayonlarini to’g’ri tashkil etish va olingan ma’lumotlarning taqqoslama bo’lishi juda muhim. Shu nuqtayi nazardan tahlil jarayonlarini bosqichlarini belgilash eng avvalo axborot manbalarini shakllantirishdan boshlanadi. So’ngra alohida tadqiq etilayotgan ko’rsatkich bo’yicha zaruriy tahlil usullari tanlanadi.
Kurs ishi mavzu bo`yicha yetarlicha yoritildi, tahlil va xulosalar berildi.


Download 146.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling