Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish
Download 146.16 Kb.
|
kurs ishi (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Moliyaviy natijalar va balans hisobotini o`zaro mutanosiblik bo`yicha tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati KIRISH
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish 1. Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot mazmuni va tuzish tartibi 2. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni shakllanish manbalari va ularni sifat ko`rsatkichlari bo`yicha tahlili (Orient Finance Bank misolida) 3. Moliyaviy natijalar va balans hisobotini o`zaro mutanosiblik bo`yicha tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati KIRISH Barch sohalarda bo’lgani kabi moliya bozorida, shujumladan, bank sеktorida o’tkazilayotgan islohotlar natijasida sеzilarli siljishlar va o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos kеladigan bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo’lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko’rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kеlajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir. Banklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’zmablag’lari bilangin emas, balki omonatchilar va krеditorlar, aktsiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag’lar bilan, y’ani kеng jamoatchilik bilan ish ko’radi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi en zarurjamoatchilik muassasalari tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida pul taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan majburiyatlarining vujudga kеlishi kabi salbiy makro iqtisodiy oqibatlarga olib kеlishi mumkin. Ana shuning uchun ham bank tiziminito`g`ri va samarali yo`lga qo`yish muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda qabul qilinayotgan barcha qarorlar va amalga oshirilayotgan islohotlar milliy bankchiligimizni ham chetlab o`tayotgani yo`q. Xususan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2017 dagi PF-4947 sonli “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”1 ning 3-ustuvor yo`nalishi aynan bank sohasiga ham tegishli. Harakatlar strategiyasi” ning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo`limida: -ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; -bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; -sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; Xalqaro iqtisodiyhamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalar keltirilgan. Shuningdek, bank tizimining shaffofligini ta`minlash, foydalanuvchilar uchun ochiq-oydin ushbu tizimfaoliyati haqida ma`lumotlarni to`g`ri va to`liq aks ettirish iqtisodiy va moddiy jihatdan ham birqancha manfaatlidir. Tijorat banki faoliyati va faoliyatiningnatijalari haqidaumumlashgan ma`lumotlar hisobotlarda aks ettiriladi. Bank hisobotlari investorlar, kreditorlarga va boshqa bank mijozlariga tushunarli bo`lishi, ularga jalqilinayotganresurslarning tarkibi, turlari va joylashishi, kutilayotgan daromadlar summasi va vaqti, kreditlar va boshqa aktivlar bo`yicha ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash zaxiralarining mavjudligi, bank kapitali tarkibi va boshqalar to`g`risidagi ma`lumotlarni berishi lozim. Shuning uchun ham moliyaviy hisobotlar bank faoliyati haqid to`liq va tezkor ma`lumot manbai vazifasini o`taydi. Aynan invetitsiyani jalb qilish uchun moliyaviy hisobotlarning ahamiyati kattadir. 1-jadval Download 146.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling