Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish


Download 146.16 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.16 Kb.
#1568074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

3.Soliq to`lagunga qadar sof foyda

Soliq to`lagunga qadar yalpi foyda-kreditdan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zahira ajratmalari



4.Sof foyda

Soliq to`lagunga qadar sof foyda-foyda solig`i

Ushbu jadvalda bank faoliyati uchun muhim bo`lgan formulalar aks ettirilgan.


4-jadval
Bankning rentabelligini aniqlovchi ko`rsatkichlar tahlili7

Koeffitsientlar

Ko`rsatkichlar

Izoh

K1(ROA)

Sof foyda / aktiv

Aktivlarning qanchalik samarali ishlayotganing ko’rsatadi.



K(ROE)

Sof foyda / kapital

Kapitalning samaradorligini aniqlaydi.



K3

Sof foyda / daromad

Daromadning qancha qismini sof foyda tashkil etayotganligini ko’rsatib beradi.



K4

Sof foyda / xarajat

Har bir xarajat uchun qancha foyda ko’rganligini aniqlaydi.


Har bir hisobotdan foydalanuvchi shaxslar uchun yillik sof foyda muhim ko`rsatkich hisoblanadi va bankning faoliyat yuritishidan asosiy maqsad ham foyda olishdir. Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotda ham daromadlar va xarajatlarning qanchalik mutanosiblikda yo`naltirilayotganligini ko`rish mumkin. Ushbu hisobotni yana ham yaxshi tahlil qilish uchun quyida Orient Finance Bankning choraklik hisoboti keltirilgan. Ushbu hisobotda Orient Finance Bankning 2021-yil 1-chorakdagi moliyaviy natijalari keltirilgan. Ushbu moliyaviy hisobot ma`lumotlaridan Orient Finance Bankning 2021-yil 1-choragiga ko`ra barcha foizli daromadlari 176279532 ming so`mni, jami foizli xarajatlari esa 86257832 ming so`mni, foizsiz daromadlar 65288813 ming so`mni, xuddi shu turdagi xarajatlar esa 273821197 ming so`mni tashkil etgan. Bankning jami daromadlari 241568345 ming so`mni tashkil etib, foizli daromadlar jami daromadning 72,97 foizni foizsiz daromadlar esa 27,03 foizni tashkil etgan. Bundan bilib olishimiz mumkinki, bankda foizsiz daromad keltiradigan xizmatlar ko`lami nisbatan past rivojlangan bo`lib, bank daromadlarining yuqori qismini foizli daromadlar tashkil etadi. Bankning ushbu faoliyatini ijobiy baholab bo`lmaydi, sababi agar bank o`zining foizli daromad keltiradigan aktivlar operatsiyalaridan o`zi ko`zlagan daromadiga erisha olmasa bu albatta bank faoliyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Bankning jami xarajatlari 113640029 ming so`mni tashkil etib shundan 75,9 foizi foizli 24,1 qismi foizsiz xarajatlarga to`g`ri keladi. Buni albatta hisobotga ko`ra ijobiy baholash mukin, sababi, foizli xarajatlar ichida depozitlar bo`yicha xarajatlarning bo`lishi bankka bo`lgan ishonch mavjudligini anglatadi. Foizsiz xarajatlar tarkibida investitsiyalar bo`yicha yo`qotishlarning mavjud emasligi ikki xil ma`noni anglatishi mumkin:



  1. Bank mablag`larining investitsiyalarga yo`naltirilmaganligini

  2. Yoki haqiqatda investitsiya ishonchli sohaga yo`naltirilganini hisobiga yo`qotishlar uchun zaxira ajratilmaganligini.

2-chorak ma`lumotlariga e`tibor qaratadigan bo`lsak, jami daromad 529168296 ming so`mni tashkil e`tib undan 67,70 foizi foizli daromadlar hissasiga, 32,3 foizi foizsiz daromadlarga to`g`ri keladi. 1- chorakka nisbatan jami daromadlar 287599951so`mga oshgan. Lekin 2- chorakdagi foizli va foizsiz daromadlar salmog`iga e`tibor qaratadigan bo`lsak, 1- chorakda foizli daromadlar salmog`i 72,97 foiz bo`lgan bo`lsa 2-chorakda 67,7 foizni tashkil etib, foizsiz daromadlar hajmi umumiy daromad hajmida oshmoqda. Bu albatta bank xizmatlarining kengayganidan yoki bir turdagi xizmat ko`lamining oshganidan dalolat beradi. Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotning yakuniy elementi, natijasi bo`lgan sof foyda 1-chorakda 56741498 ming so`mni tashkil etgan bo`lsa , 2-chorakda 127380508 ming so`mni tashkil etib 70639010 ming so`mga o`tgan chorakka nisbatan farq qilyapti. Shuningdek soliqlar uchun summa 1- chorakda 15870276 ming so`mni tashkil etgan bo`lsa, 2-chorakda 33996163 mingni tashkil etyapti. Tijorat banklari davlatga 20 foiz miqdorda foyda soli`g`ini to`laydilar. Bundan kelib chiqib bankning 1-chorakka nisbatan daromadlar va xarajatlari mos ravishda o`zgargani sababli soliqlar summasi ham 2-chorakda ko`tarilgan. Umumiy olganda bank faoliaytini ijobiy baholashimiz mumkin




Download 146.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling