Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish


Bank tizimi daromadlilik ko`rsatkichlari4


Download 146.16 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.16 Kb.
#1568074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

Bank tizimi daromadlilik ko`rsatkichlari4

Jadval ma`lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan foizli daromadlar va xarajatlar mos ravishda 5082 va 2894 mlrd so`mga oshgan. Shu tufayli foizli marja ham 2188 mlrd so`mga oshgan. Foizsiz xarajatlar esa 587 mlrd so`mga pasaygan. Foizsiz xarajatlarning kamaygani agar bu valyuta bo`yicha zararlarni yoki investitsiya bo`yicha zararlarni kamaygani hisobiga bo`lgan bo`lsa, buni ijobiy baholash mumkin. Ammo foizsiz daromadlarning kamayishi ijobiy holat emas. Chunki ushbu ko`rsatkich banklardagi trast operatsiyalar hajmining kamaygani, investitsiyadan kutilgan daromadning shakllanmaganligi hisobiga yoki foizsiz daromad keltiruvchi xizmatlar ko`lamining pastligi hisobiga sodir bo`lgan bo`lishi mumkin. Kredit va lizing bo`yicha ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni baholash esa, 2017-yilda 1146 mlrd so`mni, 2018-yilda 1562 mlrd so`mni tashkil etib 417 mlrdga oshgan. Ushbu ko`rsatkichning miqdor jihatdan oshishi kreditlarning qaytmaslik darajasi oshayotganini ko`rsatadiva buni sifat jihatdan ijobiy baholab bo`lmaydi. Umuman olganda ana shu omillar ta`sirida hamda soliqlarning oshgani hisobiga sof foyda 2018-yilda 19 mlrdga pasaygan.


Xarajatlarning daromadga qaraganda yuqori tezlikda o’sishi tahlil qilinayotgan davr uchun bank ko’proq uzoq muddatli resurslar jalb qilib, qisqa muddatli aktivlarga joylashtirganligini yoki bank pul mablag’larini yuqori narxda sotib olib, ularni pastroq narxlarda joylashtirganligini ko’rsatadi. Agar foizsiz daromadlarning kamayib, foizsiz xarajatlarning ko’payishi aniqlansa bank bu holatga jiddiy e’tibor qaratishi kerak, bu foyda hajmining tusha boshlaganligini anglatadi.
Tijorat banklarining xarajatlarini tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
-jami va ayrim turdagi xarajatlarni baholash;
-xarajatlarning tarkibiy tahlili;
-jami xarajatlar darajasini baholash.
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot o`z nomidan kelib chiqqan holda oxirgi natija foyda yoki zararni shakllanish strukturasini ko`rsatadi va bu strukturaga binoan yo joriy yilning sof foydasi yoki zarari shakllanadi.
Tijorat banklarining foydasi bu – daromadni xarajat bilan taqqoslash natijasida daromadning ortgan qismi ko’rinishdagi bank faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi. Foydaning hajmi olingan daromad va qilingan xarajat miqdoriga bog’liq.
1-chizma

Download 146.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling