Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish


Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot mazmuni va tuzish tartibi


Download 146.16 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.16 Kb.
#1568074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

1. Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot mazmuni va tuzish tartibi
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tijorat bankining hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini ko`rsatadi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradi. Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot ko`pincha moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot deb ham yuritiladi. Ushbu hisobot qarorlarni qabul qiluvchilar uchun hisobot yilida joriy foydani olingan yoki uning mavjud emasligini ko`rsatuvchi axborot manbai hisoblanadi. Investor va kreditorlar, investitsiyalar sohasidagi buxgalter-tahlilchilar va boshqa mutaxassislar ushbu ma`lumotdan foyda va pul mablag`larine siljishini istiqbollashtirishda foydalanadilar.
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot foydalanuvchilarga moliyaviy xo`jalik operatsiyalari (daromadlar va xarajatlar) keltirib chiqargan moliyaviy xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni tushuntirib beradi. Foydalanuvchilar undagi ma`lumotdan foydalangan holda investitsiya qilingan har bir so`mni kelajakda qancha foyda keltirishi mumkinligini rejalashtirishlari mumkin. Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot davrining boshiga va oxiriga bo`lgan balanslar o`rtasidagi bog`lovchi bo`g`in vazifasini bajaradi. Bu ushbu hisobotni naqadar investorlar uchun foydali ekanligini ko`rsatib beradi.
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobotni tuzishda avvalambor uning asosiy elementi hisoblangan daromad va xarajatni tan olish masalasi turadi. Qayd etish kerakki, bank daromadi va xarajatlarini tan olishdan maqsad ularning moliyaviy hisobotda to`g`ri aks ettirilishi va yakuniy moliyaviy natijani to`g`ri aks ettirishdir.
Bilamizki, tijorat banklari o`z faoliyatini olib borishdan maqsad foyda olishdir, uning manbalarini ko`paytirish yo`llarini qonunga zid bo`lmagan ravishda o`zlari mustaqil belgilaydilar.
Daromad-bu hisobot davrida pul mablag`larining oqib kelishi yoki aktivlarning ko`payishi sifatida yoki kapital egalarining badali bilan bog`liq bo`lmagan holda kapitalning ko`payishiga olib keladigan majburiyatlarning kamayishi sifatida iqtisodiy nafning o`sishidir. “Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasi”ning 4-qismi daromadlar uchun ajratilgandir. Tijorat banklari o`z mijozlari-yuridik va jismoniy shaxslarning topshirig`iga asosan hisob-kitob, kassa, kredit berish va boshqa operatsiyalarni bajaradi. Banklar o`z faoliyati davomida ushbu operatsiyalani bajarishda turli xil xarajatlar qiladi.
Bankning daromadliligi birinchi navbatda xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Xarajat-bu hisobot davrida pul mablag`larining yoki boshqa aktivlarning kamayishi sifatida, yoki kapital egalarining badallarini qaytarib to`lab berilishi bilan bog`liq bo`lmagan holda kapitalni kamayishiga olib keladigan majburiyatlarning ko`payishi sifatida nafning kamayishidir. Tijorat banklarida daromadlar foizli va foizsiz daromadlarga bo`linadi. Barcha foizli daromadlar 40200-40900-hisobraqamlarda aks ettiriladi.
Foizli daromadlarga quyidagilar kiradi:
-ssuda operatsiyalaeridan olinadigan foizli daromadlar,
-boshqa banklarga joylashtirilgan depozitlardan olinadigan foizli daromadlar
-qimmatli qog`ozlardan olinadigan foizli daromadlar,
-qat`iy belgilangan foiz stavkalaridan olinadigan foizli daromadlar,
-valyuta operatsiyalaridan (forvard) olinadigan foizli daromadlar,
-qimmatli qozg`ozlar bilan bog`liq alohida operatsiyalardan olingan foizli daromadlar (repo operatsiyalari)
-qarz majburiyatlari bo`yicha foizli daromadlar,
-lizing, faktoring, forfeiting operatsiyalaridan olingan foizli daromadlar...
Foizsiz daromadlarga esa:
-investitsiyadan olingan daromadlar,
-bank xizmatlar uchun to`lovlar va yigi`imlar,
-chet el valyutasidagi mablag`larni qayta baholash natijasida olingan mablag`lar,
-bankning brokerlik operatsiyalaridan olingan mablag`lar,
-korxonani ta`sis etishdan ko`riladigan daromadlar kiradi.
Bankning xarajatlari shartli ravishda: foizli xarajatlar, foizsiz xarajatlar, operatsion xarajatlarga bo`linadi. Hisobvaraqlar rejasining oltinchi bo`limi “Xarajatlar” bo`limidir.

  1. Foizli xarajatlar o`z navbatida quyidagi qismlarga bo`linadi:

-talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-Markaziy bank oldidagi to`lovlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-boshqa banklar oldidagi to`lovlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-bankning yopilmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar;
-qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-chiqarilgan qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar;
-boshqa foizli xarajatlar.
Foizsiz xarajatlar esa o`z ichiga quyidagilarni oladi:
-barcha komission xarajatlar;
-chet el valyutasidagi zarar;
-tijorat operatsiyalari bo`yicha xarajatlar;
-investitsiyalar bo`yicha zararlar;
-boshqa foizsiz xarajatlar.
Operatsion xarajatlar sifatida esa quyidagilar guruhlanadi;
-ish haqi va xodimlar uchun boshqa xarajatlar;
-ijara va ta`minot xarajatlari;
-xizmat safari va transport xarajatlari;
-ma`muriy xarajatlar;
-reprezentatsiya va xayriya xarajatlari;
-eskirish xarajatlari;
-sug`urta, soliq va boshqa xarajatlar;
-ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni baholash;
-daromad soligi`.
Daromadlarning xarajatlarga qaraganda ko’proq bo’lishi bank foydasi uchun muhimdir. Jahon ekspertlarining fikriga ko’ra, bank foydasining oshishida bank yalpi daromadining kamida 70 foizini foizli daromadlar tashkil qilishi kerak. Ular ushbu hisobotning asosiy elementi hisoblanib, aktivlardan qay tarzda daromad olinayotganligi, xar bir akriv va passiv operatsiyalar uchun qanday xarajatlar amalga oshirilayotgani, aniqroq aytadigan bo`lsak, bank faoliyatining qanchalik samarali yo`lga qo`yilganini ko`rsatadi. Bank moliyaviy faoliayati natijasidan olingan foyda (zarar) 31200- “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” balans hisobvarag`i doirasida quyidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 31203- “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”; 31206- “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”
Moliyaviy hisobotlar kunlik, oylik, choraklik va yillik shakllarda to`ldirilishi mumkin.
Moliyaviy natijalar to`grisidagi hisobotda elementlar muhimlik darajasiga ko`ra ketma ketlikda joylashadi va bu elementlar quyidagilar hisoblanadi:

  1. Foizli daromadlar;

  2. Foizsiz daromadlar;

  3. Kredit va lizing bo`yicha kutilayotgan yo`qotishlargacha bo`lgan sof foizli daromad;

  4. Foizsiz daromadlar;

  5. Foizsiz xarajatlar;

  6. Operatsion xarajatlargacha bo`lgan sof foizli daromad;

  7. Operatsion xarajatlar;

  8. Ehtimoliy zararlar uchun zaxirani baholash;

  9. Soliq to`lagunga qadar bo`lgan foyda;

  10. Daromad solig`ini baholash;

  11. Yillik sof foyda (zarar).

Ushbu ketma-ketliklardagi foizli, foizsiz daromad va xarajatlarni moliyaviy hisobotlarda yanada yoyib ko`rsatiladi.



Download 146.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling