Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot tahlili, o`sish koeffitsientlari, balans hisobotini foizlar nisbatida tahlil qilish Reja: Kirish


Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni shakllanish manbalari va ularni sifat ko`rsatkichlari bo`yicha tahlili (Orient Finance Bank misolida)


Download 146.16 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.16 Kb.
#1568074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

2. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni shakllanish manbalari va ularni sifat ko`rsatkichlari bo`yicha tahlili (Orient Finance Bank misolida)
Banklarda moliyaviy natijalar operatsion oy yakunlangandan so‘ng yakuniy balansda o‘z aksini topadi. Biroq, moliyaviy natijalar to'liq barcha bank operatsiyalari bo'yicha aniqlash, shuningdek, bank majburiyatlarini qoplash va ulami to'lab berish yillik moliyaviy hisobotlarda o 'z aksini topadi. Banklarda ham moliyaviy natijalarni shakllantirish amaldagi me'yoriy hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Shu boisdan, Banklarda moliyaviy natijalarni aks ettirish uchun buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari 31200- “Taqsimlanmagan foyda”, 40000- “Daromadlar” va 50000- “Xarajatlar” hisobvaraqlaridan foydalaniladi. Bunda, tijorat banklari faoliyatini amalga oshirishdagi barcha operatsiyalar bo'yicha sarflanadigan va to'lanadigan xarajatlarni 50000- “Xarajatlar” hisobvaraqlarida aks ettirilib, butun oy yoki yil davomidagi xarajatlar analitik va sintetik hisob ma'lumotlarida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, bank operatsiyalari faoliyatini tashkil qilish va mijozlariga xizmat ko'rsatish jarayonida ulardan foizli hamda foizsiz tarzda olingan ustamalar, shu bilan bir qatorda, bank tomonidan o 'z aktivlarini daromadli manbalarga joylashtirilishi tufayli olingan daromadlaming barchasi 40000- “Daromadla” hisobvarag`ida hisobga olinadi. Natijada, bank faoliyatini amalga oshirishda qilingan barcha xarajatlar olingan daromadlar hisobidan qoplanishi va ortiqcha mablag'lar bankning hisobot yilidagi (oy) sof foydasi hisoblanadi. Ushbu sof foyda hisobidan soliqlar va aktsiyadorlarga to'langan (dividenddan soliq) dividendlardan qolgani bankning taqsimlanmagan foydasiga o'tkaziladi. Ushbu yuqoridagi operatsiyalar bankning moliyaviy natijalarini ifodalab, ushbu natijalar buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida har bir operatsiyaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ularni daromad va xarajat sifatida bank faoliyatining turlari bo'yicha alohida-alohida hisobga olishni talab qiladi. So`nggi yillarda mamlakatimiz banklarining daromadlilik darajasi ham ortib bormoqda. Quyidagi jadvalda banklarning daromadliligining darajasi ko`rsatilgan.
2-jadval

Download 146.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling