Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Iqtisodiy tahlilning va fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
Download 98.5 Kb.
|
Mavzu iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida sh
Boshqaruv sub’ekti – boshqaruv ob’ektining tasnifi va o`ziga hos hususiyatlaridan kelib chiqib tashqil etiladi.
Lekin, sub’ekt har doim ishlab chiqarish va xo`jalik jarayonlarini o`zgarishiga ko`ra ob’ekt shakli va unga ta’sir etuvchi usullarni belgilaydi hamda takomillashtirib boradi. Boshqaruvchi kichik tizilma boshqaruv ob’ektni nazorat etadi, tartibga soladi, maqsad va dasturlarni boshqaruv funktsiyasiga ko`ra ishlab chiqadi. Demak, boshqaruv sub’ekti korxona tizilmasida faol rol bajarar ekan. U boshqaruvning yetakchi funktsiyalarini: marketing, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, tahlil, tartibga solish hamda nazorat va auditlarni amalga oshiradi. Erkin bozor iqtisodiyotida korxona faoliyatining tashqil etish va yuritishni marketing qonunlari, tartiblari va tamoyillarini bilmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Chunki, marketing ilmi asosida eng maqbul dasturlar yoki rejalar ishlab chiqiladi. Boshqaruv tizilmasi sifatida marketing faoliyatini asosiy tamoyillari mazmuni quyidagi ko`rinishni oladi: ishlab chiqarishni bozordagi talabga mos tushishi; bozordagi holat va korxonani haqiqiy ishlab chiqarish imkoniyati; haridor va buyurtmachilar talabini yanada to`laroq qondirish; aniq bozorlarda mahsulot va xizmatlarni ko`zda tutilgan hajmda va belgilangan muddatda sotish; ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini uzoq muddatli rentabelli ishlashini ta’minlash; tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga qat’iy amal qilish (bozor holatini e’tiborga olgan holda); doimo o`zgarib turuvchi bozor holatiga va haridor talabiga moslashish. Mazkur sanab o`tilgan tamoyillarga amal qilish va marketing dasturini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish bevosita analitik hisob-kitoblar bilan chambarchas bog`langan. Bu jarayonlar juda ko`plab iqtisodiy tahlil ishlari bajariladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iboratdir: korxona iqtisodiga tashqi va ichki muhitni ko`rsatadigan ta’siri tahlili; bozor holati tahlili (keng ko`lamda, tovar guruhlari va alohida tovarlar bo`yicha); iste’molchilar va sotib oluvchilar tahlili; raqobat holati tahlili; bozordagi baho hamda o`z bahosini belgilash taktikasi tahlili; moliyaviy natijalar tahlili; O`rganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat imkoniyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish faoliyatini joriy biznes rejasi to`ziladi. Biznes rejada har bir element puxta tahlil qilish asosida belgilanadi. Chunki, ular real istiqbolli hamda eng asosiysi samarali bo`lishi shart. Korxonada biznes reja quyidagi bo`limlardan iborat bo`ladi: Kirish—rezyum . Ishlab chiqarish maqsadi—ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro`yhati (ularning afzalligi yoki farqi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslanadi). Mahsulot sotiladigan bozor holatini belgilash (zaruriy ma’lumotlar to`plash va ularni tahlil qilish). Asosiy ko`rsatkichlar bo`yicha raqobatbardoshlikni aniqlash (ishlab chiqarish hajmi, sotish hajmi, mahsulot sifati, baho darajasi, o`rtacha foyda). Marketing strategiyasi. Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish quvvati, hom-ashyo resurslari, mutaxassislar). Tashqiliy tamoyillar (ishlab chiqarish xizmati, ularni muvofiqlashtirish, o`zaro harakati va bir-birini nazorat etish tartibi). Tijorat tavakkali va chorasi. Moliyaviy reja. Moliyalashtirish strategiyasi. Tovar-material ta’minoti va shu kabilar. Albatta biznes rejaning har bir bo`limi hisob-kitob qilinib, umumlashtirilganda korxona ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydasi eng quyi ko`rinishda tarmoqda erishilgan o`rtacha foyda me’yoridan past bo`lmasligi kerak. Ko`rinib turibdi-ki rejaning har bir bosqichi hamda uning elementlari tahlil asosida puxta qilib tuziladi. Demak, ishlab chiqilgan reja vositasida qo`yilgan maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektni samarali funktsiyasi yo`nalishi aniq belgilanadi. Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishni borishi to`g`risida real ahvolni buxgalteriya hisobi yordamida o`rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar pirovard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida ob’ektdagi o`zgarishni miqdor va sifat jihatdan o`rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo`l qo`yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, ob’ektni yanada rivojlantirish yo`llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo`nalishga o`tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechog`lik real qabul qilinishiga asos bo`ladi. Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlar ham iqtisodiy-tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoliyatini bir to`g`ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko`rinadi. Boshqaruv jarayonida Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling