Foydalanilgan adabiyotlar. Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar


Terrorizm bilan bog’liq FVlarda aholi vakillari quyidagilarni bilishlari shart


Download 44.08 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1461524
1   2   3   4   5
Bog'liq
Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar

Terrorizm bilan bog’liq FVlarda aholi vakillari quyidagilarni bilishlari shart:
SHUBHALI BUYUM TOPIB OLINGANDA ......
-zudlik bilan tegishli xizmatlarga xabar bering;
-shubhali buyumga yaqinlashmang;
-xavfli zonani kamida 100 m radiusda odamlardan bo`shating;
-shubhali buyum va xavfli zonani qo`riqlashni ta`minlang;
-uyushgan holda odamlarning evakuatsiyasini ta`minlang;
-mutasaddi organlar ko`rsatmalariga rioya qiling;
-radio aloqa vositalari, uyali telefon va radioportlatgich ishlab ketishiga olib keluvchi vositalardan foydalanmang
TELEFON ORQALI TAHDID QILINGANDA . . . .
-har bir qo`ng’iroqqa bee`tibor bo`lmang;
-qo`ng’iroq to`g’risida tegishli organlar (MHH, ichki ishlar bo`limi)ga xabar bering, zarur bo`lsa odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting;
-qo`ng’iroq qiluvchi bilan uzoqroq muloqotda bo`lishga harakat qiling (suhbatni yozib olish, boshqa telefondan mutasaddi organlarga xabar berish uchun), uning yoshi, millati, jinsini tahminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapirish ohangi, nutqiga e`tibor qarating;
-suhbat boshlangan vaqt va uning davomiyligini qayd eting;
-gaplashib bo`lgach telefon dastagini qo`ymay boshqa telefon orqali qo`ng’iroq qiluvchining nomerini aniqlashga kirishing;
-suhbat va uning mazmuni to`g’risida gap tarqatmang.
XODIMLARI GAROVGA OLINGAN OB`EKT RAHBARINING
HARAKATI . . . .
-zudlik bilan mutasaddi organlarga va yuqori organ rahbariga xabar berish;
-garovga olinmay qolgan hodimlarni binodan zudlik bilan olib chiqish;
-begonalar binoga kirishlariga yo`l qo`ymaslik, binoni kuzatish ishlarini tashkil etish;
-o`z tashabbusiga ko`ra terrorchilar bilan muzokara olib bormaslik;
-terrorchilarning talablarini, agar bu odamlar sog’lig’iga zarar yetkazish bilan bog’liq bo`lmasa, bajarish;
-hodisa sodir bo`lgan joyga tegishli kuchlarning to`siqsiz kirib kelishini ta`minlash.
GAROVGA TUSHIB QOLDINGIZ . . . .
-ortiqcha his-hayajon, sarosima, vahimaga tushmang;
-terrorchilar bilan bo`lar-bo`lmas muloqotga kirishmang, sira janjallashmang;
-ko`pchilik ichida “singib” keting, yarq etib ko`zga tashlanmang;
-jinoyatchining ko`ziga tik boqmang, bu uning sizga nisbatan qahr-g’azabini oshiradi;
-yon-atrofingizdagilarni tinchlantiring;
-tutqinlikda bo`lgan vaqtda ko`rgan, eshitgan barcha narsalarni, terrorchilarning tashqi ko`rinishi, hatti-harakatini eslab qolishga harakat qiling;
-qanday egulik taklif etishmasin uni rad etmang;
-ruhiy barqarorlikni qo`ldan bermaslikka harakat qiling;
-ozod bo`lishingizga bo`lgan umidni yo`qotmang;
-garovdan ozod etilganingizda panaroq joyga o`ting, otishmalar tugamaguncha egilgan boshingizni yuqori ko`tarmang, maxsus xizmat hodimlarining topshiriqlarini so`zsiz bajaring

Download 44.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling