Foydalanilgan adabiyotlar. Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar


-modda. Terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi qonun hujjatlari


Download 44.08 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1461524
1   2   3   4   5
Bog'liq
Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar

3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi qonun hujjatlari.
Terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O`zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari.
Terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
shahs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
jazoning muqarrarligi;
terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg’unligi;
jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi
o`tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish
Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o`zini
o`zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa
profilaktik choralar majmuini o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
terrorizmni targ’ib qilish;
terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyat
ko`rsatishi;
terrorchilik faoliyatiga dahldor yuridik shahslarni, ularning bo`linmalari
(filiallari) va vakolatxonalarini (shu jumladan chet el va halqaro tashkilotlarning
vakolatxonalarini) akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning faoliyat
ko`rsatishi;
terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan
shahslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma`lumotlar
va faktlarni yashirish.

Download 44.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling