Foydalanilgan adabiyotlar. Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar


Respublikamizda diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi olib borilayotgan ishlar


Download 44.08 Kb.
bet5/5
Sana14.05.2023
Hajmi44.08 Kb.
#1461524
1   2   3   4   5
Bog'liq
Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar

3. Respublikamizda diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi olib borilayotgan ishlar.
Halqaro maydondagi qat`iy siyosat. Diniy ekstremizm va halqaro terrorizm
nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham dahldor masaladir. CHunki diniy
ekstremistik va halkaro ter-rorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat
uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni qar tomonlama rag’batlantirish va qo`llab-quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va halqaro terrorizmning
xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990—1996 yillarda Tojikistondagi
fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yili 16 fevralda Toshkent shahrida,
1999-2001 yillari Qirg’izistonning Botken, O`zbekistonning Surhondaryo va
Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart—aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatida hamda 2004 yilning iyul oyida Toshkent shahrida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari timsolida o`zini ko`rsatdi.
Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi diniy mu-taassiblik,
aqidaparastlik, ekstremizm va terrorchilikning min-taqaviy va umumbashariy
miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati birgalikda unga qarshi
kurashishi lozimligi to`g’risidagi g’oyani jahonning nufuzli tashkilotlari
minbarlaridan e`lon qildi. To`g’risini aytish kerak, O`zbekistonning diniy ekstremizm va halkaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining mohiyatini rivojlangan mamlakatlar va dunyoning nufuzli halqaro tashkilotlari kechroq angladi.
Hususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1993 yil 28 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma`ruzasida jahrn hamjamiyatini Afganistan muammosini izchil o`rganish va echishga chaqirdi. «Tolibon» harakatining diniy mutaassib va jangarilik faoliyati haqidagi ushbu haqqoniy fikr faqat AK.SHdagi 2001 yil 11 sentyabr’ fojialaridan so`ng tan olindi.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan
«6+2» guruhining BMT rahbarligida 1998-1999 yillarda olib borgan faoliyati
Afgonistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega
bo`lganini ta`kidlash zarur.
Bu guruh Afg’oniston bilan chegaradosh olti davlat
(Hitoy, O`zbekiston, Pokiston, eron, Toji-kiston, Turkmaniston) va mintaqa
tashqarisidan Afg’onistondagi vaziyatga jiddiy ta`sir ko`rsatib turgan ikki davlat —
AQSH va Rossiyaning yuqori darajadagi vakillaridan tashkil qilingan edi.
Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va muzokaralar o`tkazib, ularga
Afg’onistonda bir-biri bilan kurashayotgan kuchlar vakillarini jalb qilib,
«Afg’onistondagi mojaroni tinch yo`l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari
to`g’risida»gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo`yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999 yilning 28 iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.
Respublikamiz ekstremizm va terrorizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan
uzviy bog’liqbo`lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat`iy
siyosat olib bormokda. 1999 yilda «Giyohvandlik vositalari va psihotrop moddalar
to`g’risida»gi, 2000 yilda «Terrorizmga karshi kurash to`g’risida» Qonunlarning
qabul qilingani hamda «Eksport nazorati to`g’risida» va «Pulni noqonuniy
o`zlashtirish to`g’risida»gi Qonun larni tasdiqlanganligi tayyorlangani fikrimizni
tasdiqlaydi.
Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimiz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tizimli va tadrijiy kurash olib bormokda. Bu kurash mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurish va inson huquklarini ta`minlash uchun xizmat qiladi.
Halqaro shartnomalarda ishtirok etish. Respublikamiz terrorizmga qarshi
qaratilgan ko`plab halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmokda. SHu bilan birga, bu masalalarda o`ziningtashabbuslarini ilgari surayotganini qam alohida ta`kidlash zarur.
Ma`lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga karshi kurashga
qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta Konventsiya va 2 ta protokol) mavjud.
Hozirda O`zbekiston 12 ta ana shunday halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971 yildagi fu-qaro aviatsiyasining xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash;
1973 yildagi halqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga karshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf kilish;
1979 yildagi garovga olish harakatlariga karshi kurash;
1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi;
1988 yildagi dengiz kemalari harakati xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash;
1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash; 1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga karshi kurash halqaro konventsiyalari borligini ko`rish mumkin.
Bugungi kunda BMT tomonidan «YAdroviy terrorizm huruj-lariga qarshi
kurash to`g’risida»gi halqaro konventsiya va «Terrorizmga qarshi kurash bo`yicha
yalpi kontseptsiya» loyihalari tayyorlanayotgani O`zbekiston Respublikasining
terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.

Download 44.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling