Foydalanilgan adabiyotlar. Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar
“Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati
Download 44.08 Kb.
|
Terrorizm tushunchasi va uni yuzaga keltiruvchi shart sharoitlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»
- TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO`G’RISIDA
- 2-modda. Asosiy tushunchalar.
2. “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
Ohirgi vaqtlarda yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar Respublikamiz hududida terroristik aktlar ham sodir bo`lishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Respublikamiz hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash uchun 2000 yil 15 dekabrda «Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»gi qonunni qabul qildi. Qonun «Umumiy qoidalar», «Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari», «Terrorchilikka qarshi operatsiyaning o`tkazilishi»,«Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shahslarning ijtimoiy reabilitatsiya» hamda «Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shahslarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasi» deb nomlanuvchi 5 bo`limdan iborat bo`lib, 31 moddani o`z ichiga oladi. Quyida qonun keltirilgan: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TERRORIZMGA QARSHI KURASH TO`G’RISIDA (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ahborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 15-modda; O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2004 y., 25-son, 287-modda) I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari. Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shahs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta`minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yahlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. 2-modda. Asosiy tushunchalar. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi: garovga ushlab turilgan shahs — qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, halqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shahslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs; terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shahsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob`ektlarning yo`q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, halqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shahsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, halqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yahlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko`zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo`rlik, zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; LexUZ sharhi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasiga qarang. terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shahs; terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko`rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shahslar guruhi; terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi; terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shahslarning xavfsizligini ta`minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o`zaro bog’liq maxsus tadbirlar majmui; terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan zona — joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig’i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar; terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta`minlashdan iborat bo`lgan faoliyat; terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shahslarni qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va halqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob`ektlarni bosib olish, shikastlantirish, yo`q qilish, portlatishlar, o`t qo`yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo`rqitish, usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog’lig’iga, jismoniy yoki yuridik shahslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug’dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va halqaro huquqning umum e`tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish; halqaro terrorizm — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm. Download 44.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling