Foydalanish usullari
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob pul birligi
- Tangani sinash – (proba moneti)
- Ligatura
- “Gurt”
Nominal – tanga qiymati. Numizmatik adabiyotlarda ma’lum qiymatga ega bо‘lgan tangani bildiradi. Hisob pul birligi – hisoblashda ishlatiladi, ammo tangada о‘zining buyum shakliga ega emas. Tanga tо‘plami - ma’lum metall og‘irligiga ega bо‘lgan tangalar miqdori. Tangani sinash – (proba moneti) - qimmatbaho metall massasining tangani umumiy massasiga nisbati. Tanganing buzilishi – tanga tarkibida qimmatbaho metallni tanganing og‘irligini kamaytirgan holda qisqartirish. Ligatura – oltin va kumush quymalarga noqimmatbaho metallarning aralashtirilishi. Tanganing cheti, qirg‘og‘i – gorizontal chiziq. Tanganing quyi qismini tanganing asosiy maydonidan ajratib turadi. “Gurt” - tanga qirrasiga aytiladi. Tanga turi (monetniy tip) – tangadagi barcha yozuv va belgilar majmuasi.Qadimgi tarixchilar Gerodot va Ksenofont asarlaridan ma’lumki, ilk tangalar oltin va kumushning tabiiy qotishmasi (elektra)dan bо‘lib, Kichik Osiyodagi Lidiya davlatida miloddan avvalgi VII asrda zarb etilgan. Ammo mustaqil ravishda Yunonistondagi Egina shahrida, Xitoy va Hindistonda ham tangalar zarb etish ixtiro qilindi. Ularning kо‘rinishi sodda bо‘lib, dastlab ayrim chizgilar bilan bezatilgan, sо‘ngra sekin-asta turli xil jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi, baliq va hokazo) tasvirlashga о‘tilgan. Bunda aks ettirilgan jonzot, uning nomi, shahar tug‘rosi yoki nomi bilan hamohangligidan kelib chiqib ish tutilgan. Hozirgi kunda jahon bozorida turli tanga va pul birliklarining nomlarini uchratish mumkin. Qadimda tetradrahma, drahma, obol, dinar, libra va hokazo nomli tangalar mavjud bо‘lgan. Bu nomlarning kelib chiqishi ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi tangalar ikki xil: quyma va zarblangan uslubda tayyorlangan: Quyma tangalar maxsus shakl va tasvir о‘yilgan qolip – idishlarga ma’dan quyilib tayyorlangan. Ikkinchi yо‘sinda temir yoki bronzadan ishlangan muhr – maxsus asbob (shtempel)da tangalar ifodasi tayyorlanib, kerakli metall quymasi ustiga zarblangan. Birinchi uslubda tanga sathidagi tasvir noaniq bо‘lganligi sababli tezda о‘chib ketishgan. Miloddan avvalgi VIIasrga kelib zarblangan tangalar keng miqyosda qо‘llaniladigan bо‘ldi va shundan buyon tangalar faqat zarblangan holda muomalaga chiqarib kelinmoqda. XV asrda turli hukmdorlar tomonidan tangalar zarb etila boshlangan davr bо‘ldi. Har bir yirik davlatda vaqt о‘tishi bilan sarroflar, ya’ni pul almashtiruvchilarning kо‘chalari vujudga keldi. Sarroflar Angliya, Fransiya, Misr va boshqa davlatlarda savdogarlar va badavlat kishilarga boyliklarini saqlashda katta yordam berar edilar. Davlatlarning sarroflari о‘rtasida doimiy ravishda aloqa saqlanib, ular bir-biridan xabardor bо‘lib turardilar. Savdogarlar safarga otlanishdan oldin о‘z sarmoyasini sarrofga topshirar, u esa qancha miqdorda pul olgani haqida hujjat yozib berar edi. Savdogarlar о‘zga davlatga borganida u yerdagi sarrofdan kerakli pul miqdorini olish imkoniyatiga ega edi. Zamonamiz banklari (ingliz tilidan kelib chiqqan bо‘lib, “sarrof stoli” degan ma’noni anglatadi) sarroflar faoliyati natijasida vujudga kelgan desak, mubolag‘a bо‘lmaydi1. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling