Foydalanish usullari
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
Lionda Gilyom Rullning “Begliy obzor monet naiboleye znamenitix lits, sushestvovavshix s sotvoreniya mira, s kratkim opisaniyem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannim u klassikov” (Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot)asari bо‘lib, u tarixiy shaxslar, ya’ni Rim hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan xolos. Lekin ulardan hech biri tangalarni о‘rganishga ilmiy nuqtai nazardan yondashmagan. Vaqt о‘tishi bilan numizmatika predmetlarini tо‘plash ishi keng urf bо‘lgan. XVI asr о‘rtalarida mansabdorlarning saroy va qasrlarida 950 ta maxsus kabinetlar bо‘lgan (Myuns kabinet). Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan. XVI asrda birinchi numizmatikaga oid yozma ishlar paydo bо‘lgan. (Bu asarlarda afsonalar, fantastik fikrlar kuchli bо‘lgan). Kolleksiya tо‘plash mazkur fanning rivojiga turtki bо‘ldi. G‘arbiy Yevropa hukmdorlari, san’at ahli tangalarni boylik sifatida tо‘plashlari natijasida kolletsionerlarda turli mamlakatlar tangalari yig‘ilib bordi. Tangalarni yig‘ish XIV asrlardan boshlab avj olib, asta sekin odat tusiga kirdi. Qirol va imperatorlar qimmatbaho tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni saqlovchi xonalar tashkil qilarkanlar, ularni о‘rganish va tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar. Kolleksionerlarni XIV-XVI asrlarda hukmdorlar qiyofasi va tarjimai holi qiziqtirgan bо‘lsa, XVIII asrda fanni ilmiy nuqtai nazardan rivojlantirish katta ahamiyat kasb etdi va numizmatika bilan ilmiy shug‘ullanuvchi mutaxassislar “numizmatlar” paydo bо‘ldilar. Vaqt о‘tishi va material tо‘planishi bilan numizmatik bilimlar ham kuchaygan. 1749-1769 yillarda chaqa pullarning kо‘p tomli katalogi Leypsigda I.F.Ioaxim va I.G.Byome tomonidan nashr qilingan. Bu katologdagi chaqalar ularning о‘zlaridagi ma’lumotga qarab о‘qilgan. XIV asr mobaynida numizmatikani о‘qitish Yevropaning boshqa bir qator universitetlarida ham joriy qilingan edi. Avstriyaning Vena shahrida imperator Maksimilian I saroyida, Parijda qirol Genrix IV va Lyudovik XIV ning kabinetida qirollarning medallari tо‘plangan. XVIIIasrda Britaniya muzeyida tangalarning yirik kolleksiyasi yig‘ilgan. Peterburgda Pyotr I muzeyga asos solgan(u XVIII asrda Kunstkamera deb atalgan). Unda tangalardan tashqari medallarning ham katta kolleksiyasi saqlangan. Keyin bu kolleksiyalar Ermitajga berildi. Hozirgi kunda Ermitaj tangalar kolleksiyasi bо‘yicha Yevropada birinchi о‘rinda turadi. Yevropaning beshta - Parij, London, Peterburg, Vena, va Berlin shaharlarida qadimgi tangalarning yirik kolleksiyalari jamlangan. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling