Foydalanish usullari


Download 199.97 Kb.
bet28/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



Nominal –


tanga qiymati. Numizmatik adabiyotlarda ma’lum qiymatga ega bо‘lgan
tangani bildiradi.





Hisob pul birligi

– hisoblashda ishlatiladi, ammo tangada

о‘zining
buyum shakliga ega emas.





Tanga tо‘plami

- ma’lum metall og‘irligiga ega bо‘lgan
tangalar miqdori.





Tangani sinash – (proba moneti)

- qimmatbaho metall massasining tangani umumiy massasiga nisbati.





Tanganing buzilishi –

tanga tarkibida qimmatbaho metallni tanganing og‘irligini kamaytirgan holda
qisqartirish.





Ligatura

– oltin va kumush quymalarga noqimmatbaho metallarning aralashtirilishi.





Tanganing cheti, qirg‘og‘i

– gorizontal chiziq. Tanganing quyi qismini tanganing asosiy maydonidan ajratib
turadi.





“Gurt” -


tanga qirrasiga aytiladi.





Tanga turi (monetniy tip)

tangadagi barcha yozuv va belgilar majmuasi.Qadimgi tarixchilar Gerodot va
Ksenofont asarlaridan ma’lumki, ilk tangalar oltin va kumushning tabiiy
qotishmasi (elektra)dan bо‘lib,
Kichik Osiyodagi Lidiya davlatida miloddan avvalgi VII asrda zarb etilgan. Ammo
mustaqil ravishda Yunonistondagi Egina shahrida, Xitoy va Hindistonda ham
tangalar zarb etish ixtiro qilindi. Ularning kо‘rinishi
sodda bо‘lib,
dastlab ayrim chizgilar bilan bezatilgan, sо‘ngra
sekin-asta turli xil jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi, baliq va
hokazo) tasvirlashga

о‘tilgan.
Bunda aks ettirilgan jonzot, uning nomi, shahar tug‘rosi yoki nomi bilan
hamohangligidan kelib chiqib ish tutilgan.




Hozirgi kunda jahon bozorida turli tanga va pul birliklarining nomlarini
uchratish mumkin. Qadimda tetradrahma, drahma, obol, dinar, libra va hokazo
nomli tangalar mavjud bо‘lgan.
Bu nomlarning kelib chiqishi ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi
tangalar ikki xil: quyma va zarblangan uslubda tayyorlangan: Quyma tangalar
maxsus shakl va tasvir


о‘yilgan
qolip – idishlarga ma’dan quyilib tayyorlangan. Ikkinchi yо‘sinda
temir yoki bronzadan ishlangan muhr – maxsus asbob (shtempel)da tangalar ifodasi
tayyorlanib, kerakli metall quymasi ustiga zarblangan. Birinchi uslubda tanga
sathidagi tasvir noaniq bо‘lganligi
sababli tezda


о‘chib
ketishgan. Miloddan avvalgi VIIasrga kelib zarblangan tangalar keng miqyosda qо‘llaniladigan
bо‘ldi
va shundan buyon tangalar faqat zarblangan holda muomalaga chiqarib kelinmoqda.




  XV asrda turli hukmdorlar tomonidan
tangalar zarb etila boshlangan davr bо‘ldi.
Har bir yirik davlatda vaqt


о‘tishi
bilan sarroflar, ya’ni pul almashtiruvchilarning kо‘chalari
vujudga keldi. Sarroflar Angliya, Fransiya, Misr va boshqa davlatlarda
savdogarlar va badavlat kishilarga boyliklarini saqlashda katta yordam berar
edilar. Davlatlarning sarroflari


о‘rtasida
doimiy ravishda aloqa saqlanib, ular bir-biridan xabardor bо‘lib
turardilar. Savdogarlar safarga otlanishdan oldin


о‘z
sarmoyasini sarrofga topshirar, u esa qancha miqdorda pul olgani haqida hujjat
yozib berar edi. Savdogarlar

о‘zga
davlatga borganida u yerdagi sarrofdan kerakli pul miqdorini olish imkoniyatiga
ega edi. Zamonamiz banklari (ingliz tilidan kelib chiqqan bо‘lib,
“sarrof stoli” degan ma’noni anglatadi) sarroflar faoliyati natijasida vujudga
kelgan desak, mubolag‘a bо‘lmaydi1.    





Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling