Foydalanish usullari


Download 199.97 Kb.
bet25/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



 






3.Dastlabki tangalar





      
Birinchi tanga pullar qachon paydo bо‘lgan
degan savol hali uzil- kesil hal bо‘lgani
yо‘q.
Birinchi tanga qayerda zarb qilinganligi tо‘g‘risida
antik olimlarning fikri turlicha. Jumladan,


Birinchi tanga miloddan avvalgi XII asrlarda Xitoyda, keyinchalik Hindistonda
muomalaga chiqarilgan. Chunonchi,
Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga kо‘ra,
birinchi
oltin hamda kumush tangalar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya
davlatida Mermnad sulolasining asoschisi Giges (mil.av. 692-654 y.) davrida
oltin va kumushning tabiiy qotishmasi
elektrum
(ba’zi manbalarda “elektra”, E.Rtveladzening “Drevniye moneti
Sredney Azii” asarida – “oq oltin” iborasida qо‘llaniladi)dan
zarb etilgan. Tulki lidiyaliklarda muqaddas hayvon hisoblanib, eng ulug‘ ma’buda
Bassarayning ramzi tasviri bо‘lgan.
Bu tangani lidiyaliklar oltin stater
deb ataganlar. “Stater” yunoncha - “tarozi
dastagi
” degan ma’noni bildiradi. Lidiyaliklardan bir necha


о‘n
yillardan keyin Yunonistonning Egina shahrida ham tanga zarb qila boshlangan.
Bunda biz lidiyaliklarning ta’sirini aslo kо‘rmaymiz.
Eginada tangalarni Lidiyadan


о‘zlashtirmay
mustaqil ravishda ixtiro qilingan. Eginaliklar tangani sof kumushdan zarb
qilganlar. Uning shakli ham, undagi tasvir ham Lidiyanikidan

о‘zgacha
bо‘lgan.
Bu tangada toshbaqa tasvirlangan. Kо‘p


о‘tmay,
lidiyaliklar va eginaliklar ta’siri ostida Yunonistonning boshqa shaharlari,
ularning Qora dengiz bо‘yidagi
mustamlakalarida, keyin mustaqil ravishda Eron, Rim, Hindiston, Xitoy va boshqa
joylarda tanga zarb qila boshladilar.





Lidiya davlati Krez davrida (mil. av. 561-546 y) Kir II tomonidan (546 y)
qulatilgan. Keyin Bimetallizmga (tilla va kumush qorishmasi) asoslangan tanga
tizimi tatbiq etilib, bu tizim Eronda keng tarqaldi1.




Tanganing zarb etilishi davlatning tashkil etilishi bilan ham bog‘liq. Biroq,
Lidiya tangasini davlatning tashkil topishi bilanbog‘lash mumkin emas. Chunki
Lidiya yoki Eginga nisbatan Shumer, Akkad, Bobil va yunon shahar davlatlarining
taraqqiyoti yuqori darajada bо‘lgan,
ammo ularda tanga zarb qilinmagan edi. Lidiya va Eginda savdo-sotiq rivoji
tangani kashf etilishiga olib keldi.




Qadimgi Yunoniston tangalarida ma’budalar bilan birga muqaddas hayvonlar
tasvirlangan. Masalan, Afina tangalarida Afina ma’budasinng bosh qismi yoki boyо‘g‘li,
Olimpiya tangalarida esa bosh xudo Zevsning bosh qismi tasvirlangan. Qora
dengizning shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri yeangalarida
delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan. Xersonesda Deva ma’budasi,
skiflarning tangalarida esa kamon tutgan chavandoz tasvirlangan.    





Rim saltanatida imperatorlarning portreti va ular yuritgan siyosatni targ‘ib
qiluvchi shiorlar ham aks etgan. Tanga metalining sifati


о‘sha
davlatning taraqqiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Masalan, qadimgi yunon
tangalari ichida Afina drahmasi yuqori sifati bilan ajralib turgan va yuqori
baholangan. Tangalardagi ramziy ma’noni anglatuvchi belgilarning

о‘zgarishi,
davlatdagi

о‘zgarishlar
bilan bog‘liq.





“Moneta” – s
о‘zi
qanday kirib kelgan?


Bunga javobni Rim kumush tangalaridan olish mumkin. Birinchi marta “moneta” sо‘zi
miloddan avvalgi 45 yilda Tit Kariziy zarb etgan tangada yozilgan. “Moneta” sо‘zi
Yunona ma’budasining yana bir nomi bо‘lib,
uning sharafiga zarb etilgan tangalar moneta deb atalgan.Ma’budani rimliklar
“Juno Moneta” deb ataganlar. Rimliklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida
ibodatxona qurdilar. Shu ibodatxonada 
miloddan avvvalgi IV asrning 2-yarmida Rimda birinchi marta tanga
chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yerda yalpoq, mis – asslar zarb qilingan.
“Moneta” sо‘zi
tangalarning


о‘zida
ham qayd qilingan. Xususan, miloddan avvalgi birinchi asr

о‘rtalarida
Rim magistrati Tit Kariziy nomidan zarb qilingan tangalarning old tomonida nozik
bir ayol Yunona ma’budasining tasviri va “moneta” sо‘zini
kо‘rish
mumkin. Keyinchalik bu sо‘z
boshqa xalqlarga ham yoyilib ketdi va shu tariqa metall pullarni kо‘pincha
moneta deb atay boshladilar. Demak, “moneta” sо‘zi
aslida lotincha bо‘lib,
Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan.




Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling