Foydalanish usullari
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi.
2.Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi. Qadimshunos olimlar dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumining tosh asridan boshlanganligini isbotlaydi. Inson о‘z mehnati mahsulotlarini ayirboshlashi natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda turini vujudga keltirdi: u tanqis ashyolarni pul о‘rnida ayirboshlay boshladi. Bunday tovar-pul muomalalari mintaqalarda turli kо‘rinishda amalga oshirilgan. Masalan, Osiyo va Afrikada “kauri” nomli chig‘anoqlar pul vazifasini о‘tagan. Ular ayrim elatlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab milodning XX asrigacha savdo vositasi bо‘lib kelgan va kauri chig‘anoqlari qadimiy Xitoy, Yaponiya Hindistonda ancha vaqtgacha muomalada bо‘lgan. Ular milodning VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI asrda Shvetsiyada ishlatilganligi, Gvineyada ham kauri tasviri tushirilgan pullar mavjud bо‘lganligi aniqlangan. Umuman olganda, kauri va shunga о‘xshash kо‘pgina narsalarni inson о‘z qо‘li bilan yaratishga intilgan va shuning uchun ayrim arxeologik qazilma ishlarida ma’dan yoki toshdan yasalgan taqlidiy kauriylarni ham uchratish mumkin. Bundan tashqari– qoramol, harsang, it tishi, chо‘chqa dumi, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qо‘llanilgan. Odamzod о‘zi uchun qulay pul shaklini ixtiro etguniga qadar, mazkur “pul”larni tabiatdan olib savdo vositasi sifatida ishlatib turgan. Bunday pullar jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida о‘zini oqladi. Ammo vaqt о‘tishi bilan ular davr talabiga javob bermay qoldi. Demak, tosh asrda ham qabilalar о‘rtasida turli xil ashyolar ayirboshlangan. Qabila va jamoadagi mehnat taqsimoti moddiy va ehtiyoj buyumlarini ayriboshlashning rivojlanishida asosiy omil bо‘lgan. Ana shu tovar ayirboshlash natijasida ma’lum miqdorda mol ortib qolgan. U boshqa mollar narxining ekvivalentiga aylangan. Ana shu asnoda birinchi pullar paydo bо‘la boshladi. Tovar pullar, xususan hayvonlarning terisi, ishlab chiqarish qurollari va boshqa ashyolar hozirgi pullar darajasida muomalada bо‘lgan. Kо‘pgina xalqlar tovarlarni qoramollar bilan baholashdan keyin metall pullarga о‘tganlar. Ungacha tovarlarning qiymati hо‘kiz, qoramol yoki qо‘ylar bilan belgilangan. Bu pullarda ifodalangan qiymatlar nisbiy edi. Ulardan foydalanishda qator qiyinchiliklar bor edi. Shuning uchun muomalada yanada qulay bо‘lgan aniq qiymatli, tovar pulga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Bunday pul uzoq vaqt izlandi va nihoyat odamlar pul uchuchn metallarni tanladilar. Chunki metall pullarni uzoq saqlash va uni kichik bо‘laklarga bо‘lish mumkin. Ular kо‘p joy egallamagan, olib yurish ham oson bо‘lgan. Metall pullar orasida, ayniqsa oltin va kumush pul qadrlangan. Shunday qilib, endi ayriboshlash uchun ajratilgan mollar vositachi tovarning qiymati bilan aniqlanadigan bо‘ldi. Bu vositachi tovarlar odamlar bilgan birinchi pul edi. Ayriboshlash har doim va turli sharoitda qiymati birdek о‘zgarmaydigan, qо‘llash oson bо‘lgan baho о‘lchovini taqozo qilardi. Mana shunday savdo shartlariga yangi paydo bо‘lgan metall pul javob bera boshladi, bu о‘z navbatida savdo muomalasida mavjud bо‘lgan pulning barcha mavjud shakllarini siqib chiqardi. Metall pullar qismlarga bо‘linishi, qimmat yombini arzon qilish mumkinligi jihatidan ham ahamiyatli edi. Tilla va kumushdan tayyorlangan pullar esa eng qulay va qiymatli pul hisoblanardi. Kishilar asta-sekin ma’lum og‘irlikdagi yombilarni tayyorlay boshladilar. Lekin metall pullarda hali aldanish imkoniyati yashirinib yotardi. Chunki, kishilar mis, qо‘rg‘oshin singari arzon metallarni oltin va kumush parchalariga aralashtirar edilar. Hukumat bu firibgarliklarga chek qо‘yish maqsadida о‘zi zarb qilgan metall pullarga muhr bosib chiqara boshladi. Insonlar qattiq jazo choralariga qaramay, bunday hol davom etavergani sababli, hukmdorlar о‘z quymalarini muhrlashga, ya’ni ularda biror tasvir yoki tug‘ro–gerbni ifodalashga odatlandilarki, bu bilan quymalar haqiqiyligi davlat tomonidan kafolatlanadigan bо‘ldi. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling