Foydalanuvchi interfeysini yaratish
public void btnCancelClick(View view) { Toast.makeText(MainActivity.this
Download 94.3 Kb.
|
6-Foydalanuvchi interfeysini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
public void btnCancelClick(View view) {
Toast.makeText(MainActivity.this, "Siz " + ((Button) view).getText().toString() + " tugmasini chertingiz!", Toast.LENGTH_SHORT).show(); }
Yuqorida ko‘rsatilgan obyektlarga hodisalar biriktirishlardan eng afzali bu uchinchi ko‘rinish hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda birinchi va ikkinchi usullardan ham foydalanib turiladi. 6.4. Oynalarni bir–biriga bog‘lash.Android telefonlarida bir nechta oynalardan iborat bo‘lgan ilovalar yaratish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari Android operatsion tizimi Android telefonlaridagi bir ilova ichida joylashmagan faoliyatlar (aktivitilar) o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyatlardan foylanish uchun oynalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnatish kifoya qiladi. Buning uchun ilova yaratilayotgan vaqtda oynalarni bir–biriga bog‘lash kerak bo‘ladi. Oynalarni bir–biriga bog‘lashni quyida keltirilgan ilovaning qismida ko‘rib o‘tamiz. 6.3.1–rasm keltirilgan ilova oynasida avtorizatsiya oynasi keltirilgan. Bu oynadagi o‘tgan foydalanuvchining ma’lumotlarni boshqa oynada ko‘rsatish kerak bo‘lsin. Buning uchun yuqorida keltirilgan oynadagi KIRISH tugmasining chertilish xodisasiga quyidagi keltirilagan dastur kodini kiritamiz. @Override public void onClick(View v) { if(v.getId() == R.id.button1){ Intent intent = new Intent(this, OddiyActivity.class); startActivity(intent); } } Keltirilgan dastur kodida boshqa oynani chaqirish yoki ishlatish ko‘rsatilgan. Ya’ni, boshqa oynani ishlatish uchun intentdan foydalanish, kerak bo‘lsa, shu intentga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘shib jo‘natish kerak bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan kodda hech qanday ma’lumot chaqirilayotgan oynaga ma’lumot jo‘natmaydi. Yaratilgan intentni ishga tushirish uchun Android tizimining maxsus buyrug‘i bo‘lgan startActivity() funksiyasidan foydalaniladi. Ikkinchi oyna yaratish uchun 6.4.1–rasmda ko‘rsatilgan ketma – ketlikni bajarishga to‘g‘ri keladi.
6.4.1–rasmda keltirilgan ketma–ketlik bajarilganidan so‘ng, 6.4.2–rasm keltirilgan oyna hosil bo‘ladi.
6.4.2–rasmda keltirilgan oynadagi maydonlarni to‘ldirish kerak bo‘ladi. Bu oynada Activity Name, Generate a Layout File, Layout Name, Launcher Activity, Package name, Source Language maydonlari mavjud. Bu maydonlarning 2 tasi to‘ldiriladigan, 2 tasi tanlanadigan va 2 tasi belgilanadigan maydonlar hisoblanadi. Download 94.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling