Foydalanuvchi interfeysini yaratish
Download 94.3 Kb.
|
6-Foydalanuvchi interfeysini yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Package name
- Options menu
Activity Name – kiritiladigan maydon, yaratilayotgan aktivitining nomi;
Generate a Layout File – belgilanadigan maydon, yaratilayotgan aktivitining ko‘rinishini generatsiya qilish yoki qilmasligini bildiradi; Layout Name – kiritiladigan maydon, yaratilayotgan aktivitini ko‘rinish qismining nomi; Launcher Activity – belgilanadigan maydon, yaratilayotgan oynani asosiy yoki qo‘shimcha ekanligini bildiradi; Package name – tanlanadigan maydon, yaratilayotgan oynaning qaysi paketga tegishliligini ko‘rsatish; Source Language – tanlanadigan maydon, yaratilayotgan ilovada foydalaniladigan tilni tanlashdan iborat. Bu tillar 2 ta bo‘lib, Java va Kotlin dasturlash tillari. Yangi oynani hosil qilish vaqtida Activity Name maydoniga yaratilayotgan oyna uchun nom kiritiladi va Generate a Layout File bo‘limiga tanlangan holda Finish tugmasi bosiladi. Shunda yangi oyna hosil bo‘ladi. Asosiy oyna bilan yangi yaratilgan oynani bog‘lash yuqorida keltirib o‘tildi. Yuqorida ko‘rsatilgan chaqirishda oyna to‘g‘ridan – to‘g‘ri chaqirish amalga oshirilmoqda. Bu holatdan tashqari ixtiyoriy oynani natija qaytaruvchi sifatida ham chaqirish mumkin. Buning uchun startActivity() funksiyasining o‘rniga startActivityForResult() funksiyasidan foydalaniladi. Bu funksiyadan foydalanilgandan so‘ng funksiyasidan foydalanilgan klassda onActivityResult() metodini qayta yozish kerak bo‘ladi. Bu holatda chaqirilgan oynadan asosiy oynaga ma’lumot jo‘natilishi kerak. Chaqirilgan oynadan kelgan ma’lumotlarga qarab asosiy oynada turli hildagi amallarni bajarish mumkin bo‘ladi. 6.5. Ro‘yxatlar (menus), ko‘rinishlar (views) va rasmlardan (images) foydalanish. Galeriya va ImageViewBarcha ilovalarda menyular har doim ishlatiladi va bular foydalanuvchi interfeysini (ilova interfeysini) boshqarishda qulayliklar yaratadi. Android tizimida ikki xil turdagi menyu mavjud: Options menu — Ilovaning qo‘shimcha xususiyatlarini ochib beruvchi menyu hisoblanadi va bajariladigan operatsiyalar joriy activityga bog‘liq bo‘ladi. Android ilovalarida ushbu menyuni hosil qilish uchun MENU tugmasi bosiladi. Context menu — Joriy activity da bajariladigan operatsiyalar uchun kerakli komandalarni ochib beruvchi menyu hisoblanib, Android tizimida ilovaga tegishli bo‘lgan context menyuni ochish uchun joriy tugma ushlab turiladi. Context menu bizga aynan menyuni aniq bir view ga ulash imkonini beradi. Bunda quyidagi metodlardan foydalaniladi. Download 94.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling