Foydani taqsimlash va uni ko'paytirish yo'llari reja: Kirish Xarajatlar to`g`risida tushuncha va ularning tasnifi. Foyda va uni shakllantirish manbalari


Foyda va uni shakllantirish manbalari


Download 46.59 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi46.59 Kb.
#1391212
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOYDANI TAQSIMLASH VA UNI KO\'PAYTIRISH YO\'LLARI

2.Foyda va uni shakllantirish manbalari.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimida foyda asosiy rol o'ynaydi. Foyda - bu butun korxonaning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini tavsiflovchi yakuniy moliyaviy natija, ya'ni u korxonaning iqtisodiy rivojlanishining asosini tashkil etadi. Foyda o'sishi korxona faoliyatini o'zini o'zi moliyalashtirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun moliyaviy asos yaratadi. Shu sababli byudjet, banklar va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarning bir qismi bajariladi. Shunday qilib, foyda korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini baholash uchun eng muhim narsaga aylanadi. Bu uning biznes faoliyati va moliyaviy farovonligini baholashni tavsiflaydi.
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag`lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin kolgan qismi foyda, deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda , deb ham yuritiladi5.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog`ida vujudga keladi. yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar xo`jalik faoliyatini baholovchi asosiy mezon - foyda.
Foyda - bu murakkab iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. U asosan qo`shimcha qiymatni yaratish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Korxona foydasining shakllanish manblari ular xo`jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlardir:
- sotishdan olingan sof tushum;
- asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari);
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
- favqulodda foyda.
Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan pul tushumidan qo`shilgan qiymat va aksiz solig`i hamda eksport boj poshlinasini chiqarish yo`li bilan aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Korxonalarning asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e'tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to`lanmagan qarzlar va xo`jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zaralarni undirish bo`yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o`tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog`liq bo`lmagan operatsiyalardan renta daromadi, korxona huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar;
- korxonaning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
- da'vo bildirish muddati o`tgan kreditorlik va deponet qarzlarni hisobdn chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar - moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa operatsion daromadlar.
Korxonalar moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar va sarmoya transferti;
- Respublika hududida va uning tashqarisida boshqa xo`jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatiga ulush qo`shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo`yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda korxonaga tegishli qimmatli qog`ozlar bo`yicha daromadlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to`lovini olish);
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutlaridagi operatsiyalar bo`yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, shu'ba korxonalarga va hokazolarga) mablag`larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
- moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar6.
Korxonalarning favqulodda foyda - bu ko`zda tutilmagan tasodifiy tusga ega bo`lgan hodisa yoki korxonaning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo`ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning kamdan-kam bo`ladigan moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo`limida aks ettirilishi kerak bo`lgan o`tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi:

  • birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;

  • ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.



Download 46.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling