Foydani taqsimlash va uni ko'paytirish yo'llari reja: Kirish Xarajatlar to`g`risida tushuncha va ularning tasnifi. Foyda va uni shakllantirish manbalari


Foydani taqsimlash tartibi va ko`paytirish yo`llari


Download 46.59 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi46.59 Kb.
#1391212
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOYDANI TAQSIMLASH VA UNI KO\'PAYTIRISH YO\'LLARI

3.Foydani taqsimlash tartibi va ko`paytirish yo`llari
Korxonalarning, yuqorida keltirilgan, xo`jalik faoliyatidan olingan daromadlari va qilingan xarajatlari asosida foydaning quyidagi beshta ko`rsatkichlari aniqlanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda - bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o`rtasidagi tafovut ko`rinishida bo`ladi:
Demak, foyda korxona xo`jalik faoliyatidan olingan daromadlarning xarajatlardan ortiq bo`lganligidan, ya'ni ijobiy moliyaviy natijaga erishilganidan darak beradi. Uning miqdori, asosan, ikkita ko`rsatkichga - mahsulot narxi va uni ishlab chiqarish xarajatlariga bog`liq.
Erkin raqobat sharoitida mahsulotga narx uni ishlab chiqaruvchi yoki uni xarid qiluvchining hohishiga qarab past yuqori qo`yilmaydi. Mahsulot narxi erkin bozorning narxlashtirish qonuniyatlari ta'siri ostida, avtomatik ravishda belgilanadi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko’rsatkichlar yuqoridagi hisobotda mavjud bo’lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indikatorlar qo’shimcha tarzda hisoblanmog’i lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lish juda zarur. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma’lu-motni operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi7.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan, faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar,
ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar sifatida guruhlashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar va shularga o’xshash majburiy to’lovlar chegirilgan) olingan tushum va ularning tannarxi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan olingan foyda paydo bo’ladiki, u faoliyatning odatdagi ko’rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so’ng boshqa daromadlar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foyda hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • olinishi lozim bo’lgan foizlar;

  • to’lanishi lozim bo’lgan foizlar;

  • boshqa tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishdan olingan daromadlar;

  • boshqa operatsion daromadlar;

  • realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar;

  • realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar.

Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYuS faoliyatining samaradorligini ko’rsatishdan iborat. Buxgalteriya hisobi XYuSning daro-madlari va xarajatlari, shuningdek, uning sof moliyaviy natijasi – sof foyda – to’g’risida ma’lumot olishga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so’ng uning miq-dori (summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilishi va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi chegirilmog’i lozim8.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va sotsial xaraktyerdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYuS ning investitsiyalarga bo’lgan ehtiyoji hisobga olinmog’i lozim. Shuning uchun ham bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital qo’yilmalar, aylanma mablag’larni ko’paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishla-rini ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi9.
Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik tavakkalchiliklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi.

Xulosa


Umumiy xarajatlar hajmi tannarxga kiritish usuliga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita bo'linadi. Ikkinchisini to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish birligiga bog'lash mumkin emas. Bilvosita xarajatlar butun davr davomida to'planadi va keyin ular allaqachon barcha tayyor mahsulotlar tannarxida hisobga olinadi. Bularga texnik xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning mehnat xarajatlari, yordamchi komponentlar narxi, ishlab chiqarish ob'ektlarini saqlash kiradi. To'g'ridan-to'g'ri xarajatlar ishlab chiqarish birligi uchun darhol olinishi mumkin. Ular ma'lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida paydo bo'ladi. Korxonaning umumiy miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xarajatlarning ulushi qancha ko'p bo'lsa, uning tannarxini qanchalik aniq aniqlash mumkin. Joriy va rejalashtirish davridagi xarajatlar tahlili bunga bog'liq. 
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar.


Download 46.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling